So’nggi yangiliklar

19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  0 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  5 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  9 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  8 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  3 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  14 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  6 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  18 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  4

Sergey Arslanov: "Ataylab vaqt cho'zganimiz yo'q. Futbolda jarohatlar bo'lishi tabiiy" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Ataylab vaqt cho'zganimiz yo'q. Futbolda jarohatlar bo'lishi tabiiy"

Coca Cola Superligasining 22-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Surxon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Arslanov matbuot anjumanida qatnashdi.

“Raqib kuchli, saviyasi va darajasi yuqori bo'lgan jamoa. O'yin shunga yarasha qiyin kechishini bilgandik. Raqib tezkor hujumlar uyushtirishlarini bilgandik. SHunga yarasha ularga keskin qarshilik qilishni reja qilgandik. Bugun yigitlar harakter ko'rsatishdi. Ajoyib o'yin ko'rsatdik va bir ochko oldik”, - dedi Arslonov.

“Turnir jadvaliga nazar tashlaydigan bo'lsak, ko'rish mumkinki, kuchli beshlik uchun istalgan jamoada imkon bor. Yuqori o'rinlarda borayotgan jamoalarning ochkolari deyarli teng.  SHu bois, hozir imkoniyatlar haqida gapirish erta deyish mumkin. Kuchli beshlik uchun kurash keskin kechmoqda”.

“Nimeli va boshqa legioner futbolchilarning shartnomalari haqida nimadir ayta olmayman. Bu klubning ichki siri. Aytishim mumkinki, biz har qanday kelishuv va muzokaralarga doim ochiqmiz”.

“Futbolchilar atayin vaqt cho'zishgandek ko'rinishgan bo'lishi mumkin. Ammo, aslida bunday emas. Murabbiylar shtabi maydonda yotgan futbolchiga turishi kerakligini aytdi xatto. Futbolda jarohatlar bo'lishi tabiiy. Bunga boshqacha nazar tashlash kerak. Vaqt cho'zish haqida umuman o'ylamaymiz”.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика