So’nggi yangiliklar

14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  4 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  2 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  2 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  2 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  9 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  6 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  3 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1 07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  16

Sergey Lushan: "Bugun jamoamizga omad ham kulib boqdi" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Bugun jamoamizga omad ham kulib boqdi"

"Lokomotiv" - "Bunyodkor" (1:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Sergey Lushan ishtirok etdi.
"Bugun o'yimiz o'xshadi. Stadionga yig'ilgan muxlislar rosmanasiga qiziqarli o'yinni ko'rishdi. Tabiiyki men natijadan qoniqdim. Hozir bir narsa deyishim qiyin, hayajondaman. Bugun jamoamizga omad ham kulib boqdi", deydi Sergey Lushan.

Dilshod Jo'raev bugun zaxirada ham ko'rinmagani sababi nimada?
O'yinga kim tayyor bo'lsa o'sha tushadi, shu xolos.

Asosiy tarkibni tanlashda tavakalchilik qilmadingizmi?
Yana bir bor shuni takidlab o'tardimki, men uchun nomlar emas, mashg'ulotdagi ish muhim. Bugun eng kuchlilar maydonga tushdilar.

Pishur bilan SHodiev ham o'yinni kuchaytira olishi mumkinmi?

Albatta, ular ham o'yinni istagan paytida tushib o'yinnni kuchaytirishlari mumkin.

Hakamlarga nima deysiz?
Ularni tekshiradigan qo'mita bor. So'nggi daqiqalarda bizga omad kelganini ham unutmasligimiz bor.

Bugungi g'alabadan keyin chempionlik poygasiga qo'shildik deya olasizmi?
Har bir o'yinga g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Hozir jamoada avlodlar almashinuvi, bu tarkib keyingi yil ham qolishi va yaxshi natijalarga erishishiga ishonaman.

Bugungi o'yin "Bunyodkor"ning hozirgi holatidan kelib chiqib jamoa uchun olg'a qadam tashlashiga sabab bo'ladi deya olasizmi?
Bu haftada jamoani ruhan tayyorlash o'ta muhim edi. Bizga berilayotgan etibordan kelib chiqib, g'alaba qozonishimiz shart edi. Bugun futbolchilarimizda ishtiyoq juda yuqori bo'ldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика