So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  10 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  27 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Sergey Lushan: "Bugun natijadan qoniqmadim, o'yinda biroz o'sish bor" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Bugun natijadan qoniqmadim, o'yinda biroz o'sish bor"

OCHL 5-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Al Nasr" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida maydon egalari bosh murabbiyi Sergey Lushan qatnashdi.
"Bugun natijadan qoniqmadim. Lekin o'yindan nisbatan yaxshi o'ynadik. Hech nima o'zgargani yo'q. Qaytarman, 10 kishi bo'lib bo'lsa ham yaxshiroq o'ynadik. Vaziyatlardan foydalana olmadik", - deb gap boshladi Lushan.

- Bugungi o'yinda zarbalar soni juda ko'p bo'ldi. Bu xursand qildi.
- Albatta yigitlarga zarba berishni uqtirgandim. 70-daqiqadan so'ng raqib ko'proq himoyada o'ynadi. SHu bois vaziyatlar ko'paydi. Tarkibimizda Mierjievski, Vayss kabi futbolchilar yo'q. Ular millionerlar, katta maosh olishadi. Biz asosan yosh yigitlarimizga tayanib o'ynaymiz.

- Siz jamoaga kelib tarkibni juda yoshartirib yubordingiz. Natija bo'lmayapti, endi o'z yo'nalishingizdan chekinmaysizmi?

- Yo'q, bundan qaytmaymiz. Rahbariyat bu lavozimga kelishimdan oldin buni menga aytgandi. Akademiya direktori bo'lganimda barcha yigitlarni tanirdim. Bizning akademiyamizdagi sharoitlar deyarli hech qaerda yo'q. Xatto "Barselona" akademiyasida ham yo'q. Terma jamoalarga 18 nafar futbolchini chaqirishdi, "Lahviya"ga qarshi o'yindan oldin qo'l ostimda 4 nafar futbolchi qolgandi. SHu bois biz to'g'ri yo'ldan ketayapmiz. Vaqt o'tgan sari barcha biz to'g'ri yo'lda ekanimizni ko'radi.

- Akademiyani tashkil etishda qaysi jamoadan andoza olingan?

- 2010 yilda tashkil etilganida "Barselona"dan andoza olingan. Butkul ko'chirib olinmagan, eng asosiy vaziyatlarini olganmiz.

- Bu tarkibga vaqt kerak dedingiz. Necha yildan so'ng mana shu yosh yigitlar OCHLda guruh bosqichidan bemalol chiqadi deya olamiz?

- Bizning akademiyamiz tashkil etilganiga 5 yil bo'ldi. Boshqa klublarga 10-15 yillardan so'ng natija kelgan. Akademiyamizda yanada yosh futbolchilar bor. Ularni yaqin orada yoshlar jamoasiiga keyinroq asosiy tarkibga qo'shamiz. Qadamba qadam rivojlanishda davom etamiz.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика