So’nggi yangiliklar

15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  6 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  0 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  11 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  3 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  5 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  13 11:20Ўзбекистон Эронга қарши қандай либосда ўйнаши маълум  3 10:55"Ливерпуль" ёзда Салоҳнинг ўрнига бошқа бир мисрлик футболчи билан шартнома тузмоқчи  1 10:26"Манчестер Сити"нинг "устуни" ёзда жамоани тарк этади  0 09:52Ислом Маматказин: “Ўйинни ўзида ютиб кетишимизга ишонгандик. Қандайдир ўзгача руҳият бор эди”  10 09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  5 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1

Serbiyalik Zavisha Milosavlevich Farg'onada bolalar futboli bilan yaqindan tanishdi Yangiliklar

Serbiyalik Zavisha Milosavlevich Farg'onada bolalar futboli bilan yaqindan tanishdi

SHu yilning 18 dekabr kuni bolalar futboli bo'yicha serbiyalik mutaxassis Zavisha Milosavlevich yurtimizga tashrif buyurgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Kecha serbiyalik mutaxassis Andijonda bolalarning futbol bilan shug'ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, bolalar futboli bo'yicha ish olib borayotgan murabbiylarga o'z dasturini taqdim etganini malum qilgandik.
Bugun Zavisha Milosavlevich Farg'onaga tashrif buyurdi. U Farg'ona viloyati futbol federaciyasi vice-prezidenti Hakim Fayziev bilan uchrashdi. Keyin "Istiqlol" stadioni bilan yaqindan tanishdi. SHundan so'ng "Neftchi" qoshidagi bolalar futbol maktabiga borib, ushbu maktabda futbol sir-asrorlarini o'rganayotgan bolalar bilan suhbatlashdi. Farg'ona viloyati Olimpiya zaxiralari kollejida bolalar murabbiylari uchun o'z dasturini taqdimotini o'tkazdi. Murabbiylarga kerakli maslahatlar berdi.

Bundan tashqari, shu kunlarda Farg'onada "S" licenziyasi uchun bo'lib o'tayotgan o'quv kurslarida ishtirok etdi. O'quv kurslarini o'tkazayotgan Zoir Hasanov bilan fikr almashib, o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdi.

Zavisha Milosavlevich bugunning o'zida Qo'qon shahriga yo'l oldi. U erda ham bolalar futboli bo'yicha ish olib borayotgan mutaxassislar bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика