"Sepaxon" - "Al Ittihod" uchrashuvi bekor qilindi. OFK rasmiy bayonot berdi
02 okt 2023 22:42
Yangiliklar
"Sepaxon" - "Al Ittihod" uchrashuvi bekor qilindi. OFK rasmiy bayonot berdi
Bugun Isfahondagi Nag'sh-e Jahan stadionida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Osiyo CHempionlar Ligasi 2023/24 "C" guruhidan o'rin olgan "Sepaxon" - "Al Ittihod" uchrashuvi kutilmagan holatlar tufayli bekor qilindi.
OFK futbolchilar, uchrashuv rasmiylari, tomoshabinlar va barcha manfaatdor tomonlar xavfsizligini taminlashga majburligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Endi masala tegishli qo'mitalar muhokamasiga o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, "Sepaxon" - "Al Ittihod" uchrashuvi maydonga chiqib kelishda 2020 yilda AQSH tomonidan o'ldirilgan Eron generali Qosim Sulaymon haykali qo'yilgan.
Ushbu general Saudiya Arabistonida terroristik tashkilot azosi hisoblangan va bir necha yil avval Saudiyaga amalga oshirilgan hujumlarda ayblangan. SHu sababli "Al Ittihod" futbolchilari maydonga chiqishni xohlashmayapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar