"Seni sotgandan ko'ra, otib tashlayman". "Real" Ronalduni sotib olishining 6 yillik tarixi
26 may 2018 19:30
Yangiliklar
"Seni sotgandan ko'ra, otib tashlayman". "Real" Ronalduni sotib olishining 6 yillik tarixi
"Bilgandim, agarda ular 80 mln taklif qilishsa, Krishtianu jamoadan ketardi. Biz uning Pireney yarim oroliga qaytish va Zidan, Di Stefanoning liboslarini kiyishga bo'lgan muhabbatiga qarshilik qila olmadik", - deb eslaydi ser Aleks Fergyuson.
***
2003 yilning 6 avgustida "Sporting" va MYU birgalikda "Joze Alvalade" stadionini ochib berishdi. Birinchi bo'limdan keyin uning o'yinlarini ko'rib, boshi aylangan Jon O'SHi Fergyusonga shunday dedi: "Bunday futbolchini ko'rmaganman. Keling, u bilan shartnoma imzolaylik".
"OK! U mening bloknotimda", - muloyimlik bilan Fergi javob berdi. Ikki daqiqa oldin u Karlush Keyrushni MYU ijrochi direktori Piter Kenonning yoniga portugaliyalik bilan shartnoma imzolash borasida gaplashib olish uchun jo'natib yuborgandi.
Bir yil oldin o'ziga yordamchi qilib olgan Keyrush esa Fergyusonga Ronaldu haqida unga birinchilardan bo'lib so'zlab bergandi.
- Pit, biz bu erdan usiz ketmaymiz, - dedi bosiqlik bilan Fergyuson.
- U shunchalik yaxshimi? - dedi Kenon hayron qolib.
- Birinchi bo'limdan keyin Jon ham u bilan shartnoma imzolash kerakligini aytdi! SHunday qiling! - dedi ser Aleks.
Ikkinchi bo'lim vaqtida Kenon "Sporting" jamoasi rahbariyati bilan muzokara olib borayotganida, Portugaliya jamoasi mutasaddilari Ronaldu uchun "Real" 8 mln funt taklif qilayotganini aytdi.
"9 taklif qil", - dedi Fergyuson.
2003 yilning 12 avgust kunida Ronaldu Manchesterga tashrif buyurdi.
***
Jahon chempionati doirasida Portugaliya – Angliya uchrashuvining 62-daqiqasi. Yoshgina Runi Rikardu Karvalyu bilan to'qnash keldi, ikkisi ham to'p uchun oxirigacha kurashdi va Runi Karvalyuni yiqitdi. Bosh hakam Orasio Elisondo Runini chetlatmoqchi emasdi. Biroq oraga Ronaldu tiqildi va o'z jamoadoshiga qizil kartochka berilishini so'radi. Runi esa Ronalduni chetga oldi, biroq kech edi. Argentinalik hakam Runining tepasida qizil kartochkani ko'tardi. Britaniya yarim orolida Ronalduni jahannam azobi kutib turgandi.
O'sha vaqtlarda Jorje Mendeshning telefoni tinmay jiringladi. Biroq portugaliyalik futbolchi barcha takliflarni rad etdi va Fergyuson bilan gaplashib olishni maqul ko'rdi. Keyinchalik Ronalduning o'zi Angliyadan ketish borasidagi qarorni o'zi qabul qilishi kerak edi.
Britaniya matbuoti ikki yulduzning birgalikdagi mashg'ulotini kutishdi. Biroq Runi ham, Ronaldu ham o'zlarini odatdagidek tutishdi.
"U o'z davlatini, men o'zimni himoya qildim. Ha, u mening chetlatilishimni so'radi. Birinchi bo'limning o'zidayoq Ronalduga sariq kartochka ko'rsatilishini so'ragandim. Xo'sh, nima qilibdi?", - dedi Runi.
Barchasi ochiq-oydin hal bo'ldi. Aslida "janjal"ni Fergyuson bosti-bosti qilgani aniq: chetlatish bo'lganidan keyinoq u Ueynga qo'ng'iroq qilgan va Krish bilan urushmasdan yaxshi intervyu berishini talab qilgan. Runi uning aytganini qildi, Ronaldu "Old Trafford"da qoldi. Jamoadan ketish mumkinligi borasidagi ilk sabab yo'q qilindi.
***
2006 yilning 2 iyulida "Real" prezidentligiga Ramon Kalderon saylandi. U saylov bo'lishidan oldin jamoaga Krishtianu Ronaldu, Kaka, Aren Robben, Sesk Fabregas kabi futbolchilarni olib borishini vada qilgandi.
2006 yil. Ramon Kalderon va "Real"ning yangi futbolchisi Rud van Nistelroy.
2007 yilning 4 yanvar kunida "Marca" nashri Kalderon, bosh murabbiy Kapello va sport direktor Miyatovichning fikrlarini malum qildi. Ular Krishtianu Ronalduni sotib olish uchun jon-jahdi bilan kurashishayotgandi. SHundan keyin Kerringtonda ser Aleksni jurnalistlar qurshovga olishdi. Mutaxassis esa ularni tinchlantirdi: "Biz futbolchilarni sotgimiz kelgan jamoalarga sotamiz. Ronaldu esa sotilmaydi".
Krishtianuning o'zi ham "Real" bilan muzokaralarga taqiq qo'yilganini malum qildi.
O'sha vaqtlarda "Real"ga haqiqatdan ham Ronaldu kabi futbolchilar kerak edi. Kapello ham jamoaning asosiy maqsadi Krishtianu ekanligini tan olishdi. "Real" "Barselona" bilan bahslarda yorqin o'yin namoyish etmayotgandi. Hatto jamoa chempion bo'lsa ham Kapello 2007 yilda istefoga chiqarildi.
Bundan oldinroq, 2007 yilning aprelida esa Krishtianuning onasi Doloresh "Real" libosida rasmga tushib, o'g'lini ushbu jamoaga o'tishini so'ragandi. O'sha oyda Ronaldu "Manchester" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkandi.
"Barcha biladiki, menga Ispaniya juda ham yoqadi. O'sha erlarda qachon bo'lsa ham o'ynashni istayman. Biroq men MYUda baxtliman. Agarda bugun bu erdan ketmasam, 2, 3, 4 yoki 5 yildan keyin ketaman va voqealar yana qaytadan takror bo'lishini istayman. Ayni damda men buyuk jamoaning sharafini himoya qilyapman", - dedi Ronaldu.
2006/07 yilda portugaliyalik APLning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. O'yindan o'yinga uning o'yini yaxshilandi va transfer narxi ko'tarildi.
***
"Xetafe" sobiq ustozi Bernd SHuster 2007 yilda "Real"ga tayinlanganidan keyin jamoa chempionatda yomon o'yin ko'rsatmadi. Ramon Kalderon yana bir bor "Manchester" bilan muzokaralarga chiqdi, biroq: "Har qanday holatda ham biz uni sotmaymiz. Pul hech nimani anglatmaydi", - dedi MYU ijrochi direktori Devid Gill.
2008 yilning bahorida "Real" ECHLning 1/8 finalida mag'lubiyatga uchradi (ketma-ket to'rtinchi marta). Turnirda "Manchester Yunayted" g'oliblikka erishdi. Krish esa shundan keyin "Oltin to'p" uchun asosiy davogarga aylanib oldi:
"Ming martalab aytganman, mening Ispaniyada o'ynash kabi orzuim bor. Bazida orzular ushaladi, men ham shuni istayman. "Manchester"da baxtliman, biroq kelajakda nima bo'lishini hech kim bilmaydi".
2008 yilning yozida Ramon Kalderon kutilmaganda portugaliyalik futbolchi uchun istalgan summani to'lashga tayyorligini aytdi. "Real" o'shanda "Santander" bankidan 100 mln evro kreditga olgani borasida malumotlar tarqagandi.
2008 yilning 19 iyunida Ronaldu Evroning chorak finalida Germaniyaga mag'lub bo'linganidan keyin konkret ravishda "Real"ni tanlaganini malum qildi: "Real"ga o'tishimni sezyapman. Onam, klubdagilar, rahbariyat mening qaerni istashimni biladi".
"Yunayted" futbolchini asrab qolish uchun FIFAga arznoma jo'natdi va "Real"ni agressiv transfer siyosatini aybladi. Fergi esa Ronaldu va Mendeshni Portugaliyaga Karlush Keyrushning villasiga taklif etdi.
"Bu yili, Kalderon nima degan bo'lsa ham, bu erdan ketmaysan. "Real"ga o'tmoqchiligingni bilaman. Ammo seni sotgandan ko'ra, otib tashlaganim yaxshi. Agarda bu mavsum sen yaxshi o'ynasang, futbol tarixidagi eng qimmat futbolchi sifatida "Real"ga o'tasan. Sen ketsang, men ko'p narsani yo'qotaman. Agarda shunday qilaversang, seni tribunaga o'tqazib qo'yaman va seni hech kim sotib olmaydi", - degan o'shanda Fergi.
Fergyuson Kalderondan iblislarcha nafratlana boshladi. U jurnalistning Ronalduni "Real"ga o'tishi borasidagi savoliga:
"Siz meni mana shu qaroqchilar bilan kelishadi deb o'ylayapsizlarmi? Hech qanday imkoniyat yo'q. Klublar hech qanaqa kelishuvga erishmagan", - dedi Fergyuson.
2008 yilning 5 avgustida "Real" Ronalduga alternativ ravishda mo'ljalga olingan Rafael van der Vart bilan shartnoma imzolanganini malum qildi. Holatning qandayligini tushunib etgan portugaliyalik futbolchi "Manchester"da qolishini malum qildi:
"Barchadan uzr so'rayman. Men bu mavsum "Manchester"da qolaman. Fergyuson bilan gaplashdim. Qolishim men va klub uchun ham foydali".
***
2008 yilning dekabr oyida Ronaldu ilk "Oltin to'p"ini qabul qilib oldi. O'sha vaqtlarda Ramon Kalderon uch yil oldingi saylov natijalarini qalbakilashtirishda ayblab, uni ishidan bo'shatishdi. Ushbu vazifada esa vaqtincha Visente Boluda tayinlandi. U esa Krishtianu Ronaldu bilan kelishuvga erishilishiga oz qolganini aytib o'tdi.
Ko'p o'tmasdan Ronaldu ushbu malumotni inkor qildi: "Menga "Manchester" yoqmoqda. Bu erda men o'zimni uydagidek his qilyapman. Biz bir oilamiz".
2009 yilning 27 may kunida MYU ECHL finalida "Olimpiko" stadionida "Barselona"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Oradan bir oy o'tib, Florentino Peres "Real"ga prezident etib saylandi. U o'zi o'ylagan 3 futbolchi bilan shartnoma imzolanishiga vada berdi.
U Kaka va Krishtianu Ronalduni nazarda tutgandi. Ikki transfer ham rekordli narx evaziga amalga oshirilishi kuzda tutildi. SHuningdek, jamoa Zidan orqali "Bavariya"dan Frank Riberini sotib olishni rejalashtirayotgandi. Bir vaqtlar Kalderon Ronalduning transferi deyarli amalga oshayotganini malum qilgandi. Agarda portugaliyalik futbolchi "Real"ga o'tadigan bo'lsa, u holda bu ish Kalderonga tegishli bo'lardi. Biroq Peresga o'z g'alabalari ko'proq kerak edi.
Biroq Karl-Xaync Rummenigge va Uli Xeness Riberi borasida muzokara o'tkazishdan bosh tortdi. Peres yanada ko'proq o'ylay boshladi: bir necha banklardan u 200 mln evro miqdorida kredit oldi va "Milan" bossi Adriano Galliani bilan munosabatlari yaxshi bo'lgani uchun Kakaning transferi borasidagi kelishuv ishlari uzoq davom etmadi.
Florentino biroz o'tib, Malkolma Gleyzerga Ronaldu uchun 94 mln evro taklif qildi. Ser Aleks ham transferga ruxsat berdi. Keyinroq Gleyzer ushbu transferga izoh sifatida murabbiyning ruxsatini keltirib o'tdi.
Peres "Real"da ish boshlaganidan 32 kun o'tib, portugaliyalik futbolchi jamoa bilan shartnoma imzoladi. SHu orqali Peres o'zi va oldingi prezident bilan solishtirgandek bo'ldi.
Oradan yillar o'tib, Fergyuson 2003 yilni va Keyrushning ishlarini yodga oldi.
"U biz uchun uzoq muddat davomida o'ynab bera oladimi?", - deb so'raydi Fergyuson.
"Aleks, agar Ronaldu biz uchun yana besh yil o'ynab bera olsa bemalol xursand bo'laver. Biror portugaliyalik 17 yoshida begona mamlakatga kelib, besh mavsumdan ortiq qolgani tarixda bo'lmagan"", - dedi Keyrush.
Demak, Ronaldu MYUdagi oltinchi mavsum bonus bo'lgan ekan.
Mirjalol Normatov tarjimasi
Fikrlar