So’nggi yangiliklar

14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  1 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  5 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  11 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  25 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  2 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2

Seid Seidov: "Bugun "Buxoro" grand jamoalar bilan tengma-teng o'ynay olishini isbotladi" Yangiliklar

Seid Seidov: "Bugun "Buxoro" grand jamoalar bilan tengma-teng o'ynay olishini isbotladi"

"Buxoro" - "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvi yakuniga etganidan so'ng "Buxoro" murabbiyi Seid Yusupovich Seidov jurnalistlarga intervyu berdi.
"Bugungi raqibimiz mahorat bobida bizdan ustunligi hech kimga sir emas.Lekin futbolchilarimiz bugun o'zgacha kayfiyatda va ruhda maydonga tushishdi. Jamoa o'z o'rnini oliy ligada saqlab qolganidan so'ng,ularda o'z kuchlariga bo'lgan ishonch yanada ortdi.Ular bugun barchaga amalda isbotlashdi,ular ham grand jamoalar bilan tengma-teng o'ynay olishlarini. "Buxoro" oliy ligada haqli tarzda o'rnini saqlab qoldi va bugungi o'yin bilan, jamoaning o'rni ham aynan oliy ligada ekanligi barchaga namoish etildi. Bu uchun ularga rahmat aytaman,kelajakda ham raqib qaysi jamoa bo'lishidan qatiy nazar bugungidek ishonch bilan maydonga tushib uynayveishsa,albatta yuqori cho'qqilarni zabt eta olishadi.

Bugun maydonda harakat qilgan yosh futbolchilar meni juda xursand qilishdi.Ularning ko'zida qo'rquv umuman yo'q edi,bugun jamoani umuman almashtirib qo'yganday holat yuzaga keldi.Qaniydi oldinroq shunaqa ishonch paydo bo'lganida edi...

Yigitlar bugun faqat g'alaba qozonishni maqsad qilib maydonga chiqishgandi,o'yin songida gol o'tkazib yubordik,va durang natija qayt etildi. Nima bo'lsa ham o'yin suratidan qoniqdim.

Kelajakdagi rejalarim borasida gapiradigan bo'lsam,birinchi navbatda uyga boraman. Uyimni, yaqinlarimni juda ham sog'indim, charchadim. Jamoadagi faoliyatim borasida hech nima deya olmayman, buyog'i rahbarlar qo'lida",- deya uz fikrini yakunladi Seid Seidov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика