So’nggi yangiliklar

15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  0 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  0 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  20 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  19 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4

Sayfiddin Ermatovga “O'zbekiston sport faxriysi” ko'krak nishoni topshirildi Yangiliklar

Sayfiddin Ermatovga “O'zbekiston sport faxriysi” ko'krak nishoni topshirildi

Futbol bo'yicha Respublika toifasidagi hakam Sayfiddin Ermatovga “O'zbekiston sport faxriysi” ko'krak nishoni topshirildi.

Tadbir Milliy Olimpiya qo'mitasida tashkil etildi. Unda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov ishtirok etishdi.

Malumot uchun, Sayfiddin Ermatov faoliyati davomida xalq orasida “CHig'atoy” futbol maktabi nomi bilan mashhur bo'lgan futbol bo'yicha Respublika Oliy sport mahorati maktabida murabbiy sifatida ishlagan. Tarkibida Server Jeparov, SHuhrat Mirxoldirshoev, Yaroslav Krushelnickiy, Yuriy Nikitov kabi iqtidorlarni jamlagan 1982 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lgan. SHuningdek, futbol hakami va inspektori sifatida uzoq yillar samarali mehnat qilgan.

Faoliyati davomida ko'plab istedodli yosh hakamlarni tarbiyalashda katta hissa qo'shgan. SHogirdlari orasida FIFA referisi, futbol mundiallarini boshqarish bo'yicha jahonning mutlaq rekordchisi Ravshan Irmatov, shuningdek, jahon chempionatining yana bir ishtirokchisi Osiyoning eng yaxshi qanot hakamlaridan biri Abduhamidullo Rasulovni uchratish mumkin.

Tadbirda Sayfiddin Ermatov ko'rsatilgan etibordan mamnun ekanini bildirib, keyinchalik ham futbolimiz rivoji yo'lida mehnat qilishga tayyor ekanini takidladi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика