So’nggi yangiliklar

18:16Суперлига. "Сўғдиёна" - "Нефтчи". Таркиблар маълум  0 18:00Суперлига. "Машъал" – "Бухоро". Таркиблар маълум  0 17:55Ҳиндистон клуби ОЧЛ 2 мусобақасидан четлаштирилди  1 17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  1 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  4 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  6 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  41 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  11 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0 14:30Кападзе ФИФА кунларида терма жамоа бошқарувида бўлади  19 14:02Ротация режалаштирилган. "Реал" "Қайрат"га қарши ўйинда майдонга тушириши мумкин бўлган футболчилар маълум  11 13:39"Милан" ва "Интер" "Сан Сиро"ни бузади  0 13:17"Машъал" "Бухоро" билан ўйиндан олдин 2 нафар йўқотишга эга  3

Sayfiddin Ermatov: "Jamoani Nuraliev boshqarishi kerak edi" Yangiliklar

Sayfiddin Ermatov: "Jamoani Nuraliev boshqarishi kerak edi"

O'zbekistonlik sobiq hakam, ayni paytda nazoratchi bo'lib ishlayotgan Sayfiddin Ermatov olimpiya terma jamoasi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

- Olimpiya terma jamoasining mag'lubiyatlari kayfiyatimizni tushirib yubordi. Ularning ko'rsatgan o'yinlariga sira ham tushuna olmadim. Bizga g'oliblik ruhi etishmadi. Buning ustiga yanvarda mavsum hali boshlanmagani ham yigitlarimiz musobaqaga yaxshi tayyorlana olmadilar. Bizda juda ko'p "brak" to'p uzatishlar bo'ldi.

Odatda otni kechuvda almashtirishmaydi deb bejizga aytishmaydi. Albatta, rahbariyatning ishiga aralashmayman. Lekin bu yoshdagi futbolchilar bilan oldindan ishlayotgan murabbiylarning hech yo'g'i bittasini olib qolish kerak edi. Ayniqsa, Dilshod Nuralievga jamoani topshirishsa yaxshi bo'lardi. U futbolchilarning imkoniyatlarini, ularning past-balandliklarini boshqalardan ko'ra yaxshi bilardi. Murabbiylar almashganidan keyin ular tarkibni yangilab yuborib to'g'ri ish qilishmadi. Poezd ketib bo'ldi, endi keyingi Olimpiadaga tayyorlanish kerak. Biz uchun orqaga yo'l yo'q. Milliy terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqishini uddalashi shart, - deydi Sayfiddin Ermatov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida.  

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика