So’nggi yangiliklar

18:00U-17 Жаҳон чемпионати. Парагвай U-17 – Ўзбекистон U-17 0:0 (Матнли трансляция)  17 17:30Про лига. "Олимпик-MobiUz" - "Локомотив" 0:1  0 16:5823 ёшли дарвозабон, ОКМКни ютган мураббий ва футболчи, "Бунёдкор"га супергол урган ҳимоячи — Суперлигада 27-турнинг энг яхшилари  1 16:44Хебай, Марушич, Холдорхонов, Алижонов... Суперлига 27-тур рамзий терма жамоаси  1 15:50Криштиану Роналду Жоржина билан тўйи қачон бўлишини эълон қилди  18 15:04Қурол билан таҳдид қилинган АПЛ футболчиси кимлиги маълум бўлди  0 14:36Ўзбекистон U-15 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши асосий таркиби маълум  2 13:51Слот: "Каттароқ ҳисобда ютишимиз мумкин эди"  11 12:50U-17 Жаҳон чемпионати олдидан. Ислом Исмоилов: "Жаҳон чемпионатига энг яхши ҳолатда етиб келдик"  10 12:43Футзал бўйича Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Япония ва Австралия билан бир гуруҳда  7 12:11Про лигада 2-ўринни олган клуб: "Суперлигада жой йўқ, деб қўяверинглар"  10 10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  4 10:15Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин нима қилишни истаётганини айтди  40 09:27"Барселона" мураббийи клубдаги ҳолат сабабли жамоадан кетмоқчи  7 09:00Алонсо мағлубиятдан сўнг нималар деди?   37

Saudiyaning g'alabasini samolyotda ko'rib ketgan muxlislar, fan zonada hammadan faol meksikaliklar. Mundial kundaligi Yangiliklar

Saudiyaning g'alabasini samolyotda ko'rib ketgan muxlislar, fan zonada hammadan faol meksikaliklar. Mundial kundaligi

Xabaringiz bor, 20 noyabr kuni Qatar yashil maydonlarida Jahon chempionati-2022 bahslari start olgan.

Kecha, 22 noyabr kuni 18 dekabrga qadar davom etadigan ushbu mundialni yoritib borib maqsadida "Championat.asia" asoschilaridan biri Gayrat Xasbiullin hamda men (Tolibjon Qosimov) Dohaga etib keldik.

Saytimiz o'quvchilari va "youtube"dagi kuzatuvchilarimiz uchun mundial havosini taqdim etish maqsadida kecha ertalab yo'lga chiqdik. Biz joy olgan uchoq 8:25da Dubay sari havoga ko'tarildi. 3 yarim soatlik parvozdan keyin "qushchamiz" Dubay aeroportiga qo'ndi. U erda biz darhol tranzit zonaga o'tishimiz kerak edi, sababi keyingi manzilimiz Doha edi. Yuklarimizni Toshkentdan to'g'ri Dohaga "urganmiz", yani Dubay aeroportida "bagaj" kutib turmaymiz. Lekin, aeroport xodimlari bizga "exit"ni ko'rsatishmoqchi bo'lishdi. Bunda bizdagi BAA mamlakatiga chiqib kirish uchun mo'ljallangan bir martalik viza "uxlardi" va qaytish uchun yana viza qilish kerak bo'lib qolardi. Ularga Dohaga uchishimiz kerakligi va bizga Terminal 2 kerakligini tushuntirganimizdan keyin bizni o'sha ikkinchi terminalga kuzatib qo'yishdi. U erdan bu erga qatnash, aeroportda biroz tamaddi qilib olish va hujjatlarni nazoratdan o'tkazish bilan 4 soatdan ko'proq vaqt qanday o'tib ketgani ham bilinmadi. Qizig'i esa Dohaga uchish uchun samolyotga chiqqanimizda bo'ldi. Hamma yo'lovchilar uchoqqa chiqib bo'lgan, lekin ularning yuklari to'liq joylab ulgurilmagani uchun biroz kechikdik. Belgilangan vaqtdan taxminan yarim soatcha o'tgach yuklarni joylash sabab kechikkanimiz uchun uchish navbatimizni o'tkazib yuborganimizni va endi ayrim reyslarni qo'yib yuborib keyin uchishimizni aytishdi. Xullas, roppa rosa 1 soatlik kechikishdan keyin nihoyat Doha sari uchdik.

Dubaydan Dohaga uchishda "fly dubai" aviakompaniyasi xizmatidan foydalandik.


Dubay aeroportidagi "duty free"da JCH-2022 burchagi.



Bu surat Dubaydan dohaga uchish arafasidagi samolyotda olingan. Unda deyarli hamma telefonida interneti bor odamlarning qurilmasi orqali Saudiya Arabistoni Argentinani qay tarzda mag'lub etayotganini ko'rib ketmoqda. SHu rasmni o'zida 3ta telefonda Messi engilgan uchrashuvni ko'rishmoqda. Surat 90+ daqiqalar ketayotganda olingan. Mundial havosi samolyotda ham ufurib turibdi.

Dubay aeroportida polshalik va meksikalik muxlislarni uchratib qoldik. Polshada tug'ilgan va ham Polsha, ham AQSH fuqaroligi bo'lgan amaki juda sergap inson ekan. U va meksikalik oilani birga olgan videomni kecha saytimizning telegram kanaliga joylagan edim >>> VIDEO.


Oynani oldidagi joy sendan oldin bron qilinganda va samolyotga chiqqaninda u erda nemis muxlis o'tirganda senda faqat shunday rasm olish imkoni bo'ladi)


Doha aeroportida mana shunday milliy burchak qilingan va kelgan mehmonlarga ichimlik va eguliklar taklif etiladi. Hammasi bepul.


1 soatlik parvozdan keyin Dubaydan Dohaga etib keldik. Bu erda OAV vakillari joylashgan maxsus shaharchaga joylashdik. Bu o'ziga xos mehmonxonada bir kecha 400$, yodingizda bo'lsa muxlislar uchun qurilgan konteynerlarda bir kecha qolish 207 evro edi.

"Uber" haydovchisi bizni kerakli manzilga tashlab ketdi, u ketganidan keyin so'rasak aslida bizni boshqa joyga tashlab ketibdi. Aniqrog'i, bizning mehmonxona shaharchaning narigi tarafida ekan. Yana "uber" chaqirishga to'g'ri keldi. Mehmonxonamizga kirib borarkanmiz qabulxonada g'irt o'zbek yigiti o'tirardi. U ham bizni o'zbekligimizni xitladi va o'zbekcha salom berdi. U yigit namanganlik ekan va JCH payti ishlash uchun bu erga kelgan ekan. Xullas, qaerga borsak doim o'sha joyda o'zimizni o'zbeklarni uchratamiz.

Kech ham tushib qoldi va biz to'g'ri "fan zone"ga yo'l oldik. Yo'ldan kelganimizga qaramay fan zonaga piyoda ketdik, yo'lma yo'l argentinalik kayfiyatsiz muxlislar va quvnoq ko'rinishdagi saudiyalik ishqibozlarni kuzatib bordik. Yana angliyadan 6ta gol egan fors ishqibozlarga ham duch keldik. Fan zonada jamoasi mundialga chiqa olmaganiga qaramay Qatarga kelgan Kolumbiya va chililik muxlislarga ham duch keldik. Biz etib borganimizda Franciya - Avstraliya bahsi boshlangan edi. SHunga qaramay, fan zonada hammadan faol va ko'p muxlislar meksikaliklar edi. Ularning hammasi milliy terma jamoa libosida edi.


Fan zonadagi katta FIFA store. Bu erda turli suvenir sovg'alar va liboslarni sotib olishingiz mumkin. Masalan, bitta kepka deyarli 34 dollar, Meksika terma jamoasi libosi 117 dollar.


O'zi jamoasi libosida, lekin yana borib forma sotib olayotgan meksikalik muxlislar.


JCH-2022 ramzi bo'lgan "Laib".


Xullas, shunaqa gaplar. Yanada batafsil yozishga vaqtimiz etmayapti, oldinda bugun qilinishi kerak bo'lgan ko'plab ishlarimiz bor. "Championat.asia"ni kuzatishda davom eting. Zero, eng qiziqlari bizda bo'ladi.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика