So’nggi yangiliklar

22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  5 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  73 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  0 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:11Конференциялар лигаси саралаши. "Викинг" - "Истанбул Башакшеҳир" баҳси асосий таркиблари маълум!  9 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  16 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  2 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6 19:53Алаба "Реал"ни тарк этишни режалаштирмаяпти  0 19:332026/2027 йилги мавсум учун Ўзбекистонга нечта квота ажратилди?  1 19:16Шешко МЮга ўтади — Here We Go!  3 18:49"France Football" "Олтин тўп"га даъвогар 30 нафар футболчини эълон қилди: Дембеле, Хвича ва Ямаль рўйхатда  10 18:39Йилнинг энг яхши футбол клуби бўлишга даъвогар жамоалар аниқ  4 18:12Мавсумнинг энг яхши мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум  7 17:54Йилнинг энг яхши дарвозабони номига давогарлар маълум бўлди  4

Saudiyalik muxlislar Yaponiya bilan bo'ladigan o'yinga bepul kirishlari mumkin Yangiliklar

Saudiyalik muxlislar Yaponiya bilan bo'ladigan o'yinga bepul kirishlari mumkin

JCH-2018 saralash bosqichidan o'rin olgan Saudiya Arabistoni - Yaponiya bahsi saudiyaliklar uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega.

CHunki bu jamoa ham jahon chempionatiga chiqish uchun harakat qilmoqda va oxirgi bahsni o'z maydonida mundial yo'llanmasini o'tgan turda hal qilgan Yaponiyaga qarshi o'tkazadi. 

"fourfourtwoarabia.com" saytida yozilishicha, Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Salman barcha chipta xarajatlarini o'zi qoplaydigan bo'ldi va endilikda mahalliy ishgqibozlar Saudiya - Yaponiya bahsiga bepul kirishlari mumkin. 

Mazkur uchrashuv ertaga Jidda shahridagi "Qirol Abdulloh" stadionida bo'lib o'tadi. O'yin saudiyaliklar uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki faqat g'alabagina ularni jahon chempionatiga olib chiqishi mumkin. Lekin o'z navbatida Avstraliya - Tailand bahsida qayd etiladigan natija ham muhim. 

Turnir jadvalida Saudiya termasi Avstraliya bilan birga 16 ochko to'plagan. Faqat to'plar nisbatiga ko'ra arablar ikkinchi o'rinda borishmoqda. 

Saudiya Arabistoni terma jamoasi so'nggi bor 2006 yilgi mundialda ishtirok etgandi. Mamlakat shahzodasi Yaponiyaga qarshi kechadigan bahsda stadion to'lishini va muxlislar tinmay qo'llab turishini xohlamoqda, shu bois barcha chiptalar xarajatini o'z yonidan to'lashga qaror qildi. 


Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика