So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

Saudiya sahrolarida sergaklik hissi. "Paxtakor" va "Nasaf" uyg'ondimi? Yangiliklar

Saudiya sahrolarida sergaklik hissi. "Paxtakor" va "Nasaf" uyg'ondimi?

Teglar :  PaxtakorNasaf
OCHLdagi yurishini muvaffaqiyatsiz boshlagan ikki klubimiz navbatdagi turda g'alabalar bilan ko'ngillarni xushnud etishdi.

G'alaba hamisha yoqimli bo'lgan. Muammolar ham etarli. Lekin kishini xursand qiladigan ayrim jihatlar yo'q  emas. Quyida shu haqida fikrlashamiz. 


Voyneski aybini yuvdi 


"Sepaxon" bilan o'yinda markaziy himoyadagi qo'pol xatolardan so'ng "Paxtakor" murabbiylari rotatciyaga qo'l urishlari zarur edi. Aftidan Larin zaxiraga olinsa kerak, degan taxminlar yuzaga kelgan pallada Voyneski Kamen Xajievni almashtirdi. Uning o'rnida harakat qilgan SHerzod Azamov shu kuni o'yin davomida haqiqiy himoyachilarga hos harakatlari bilan master-klass o'tkazganini guvohi bo'ldik. Amalda "Instat" platformasi tomonidan Azamov yuqori baholanganini ko'rishimiz mumkin - 257. Keyingi o'rinda Xojiakbar Alijonov - 249 ball. Slavche Voyneski " Al Duhail"ga qarshi o'yinda Azamov - Larin juftligidan foydalanishi ehtimoli katta. 


Suyunov — 227

Alijonov — 249

Larin — 238

Azamov — 257

Sayfiev — 205

Hamrobekov — 208

Sobirxo'jaev — 246

Turg'unboev — 203

CHeran — 225

Rashidov — 210

SHarkich — 173

Aliboev — 219

Erkinov — 230

Yoqubov — kam o'ynagani tufayli baholanmagan



Zaxira qurollari ishga tushganda 

Ushbu turda ikki jamoamizda ham bir hil holat kuzatildi. Yani, o'yin taqdirini hal qilishda bevosita zaxiradan tushgun futbolchilar jonbozlik ko'rsatdi deyishimizga asoslar bor. "Paxtakor"ning "Al Taavon"ga qarshi o'yinida g'alaba golini Xojimat Erkinov urgan bo'lsa, unga assistentlikni Ikrom Aliboev maromiga etkazdi. Endi kecha bo'lib o'tgan "Nasaf" - "Al Vihdat" o'yinida ham shunday vaziyat. Zaxiradan o'yinga qo'shilganiga ko'p bo'lmagan Bahrom Abdurahimov Marko Stanoevichga to'pni qulay qilib tashlab berdi, serbiyalik yarim himoyachidan ajoyib gol. Ivan Solovyovning o'rniga tushgan Suhrob Nurulloev jarima maydonchasi ichidagi faolligi hisobiga penalti ishladi. Dubl qayd etgan Marko Stanoevich uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. 



Buraydada 13 yillik tarix takrorlandi


Saudiya Arabistoni klubini mehmonda engish jamoalarimiz uchun oson bo'lmagan vazifa hisoblanadi. "Paxtakor" so'nggi bor mazkur mamlakat klubini safarda 2009 yilgi mavsumda mag'lubiyatga uchratgan ekan. O'shanda chorak final bahsida Zayniddin Tojiev va Aleksandr Geynrixning gollari "Paxtakor"ga "Al Ittifoq" ustidan muhim g'alabani keltirgani yodimizda hamon. O'shandan beri "sherlar" Saudiya Arabistonida g'alaba nimaligini bilmay kelayotgandi. Oradan 13 yil o'tib yana Saudiya Arabistonida g'alaba tantana qilindi. 



Uyg'onish

Ilk turdan keyin xavotirlarni oshirgan "Paxtakor" va "Nasaf" o'zlari uchun juda muhim va kerakli uch ochkolarni ishlab olishdi. Keyingi uchrashuvlar oldidan bitta g'alaba shart edi. Nega? Qarang, hozirda guruhdagi vaziyat mutlaqo tenglikni ko'rsatmoqda, 4ta jamoada ham 3 ochkodan bor. "Paxtakor"ning endigi raqibi Qatar grandi " Al Duhail" hisoblanadi va nisbatan kuchliroqdek ko'rinyapti. "Nasaf" esa mag'lubiyatsiz odimlamoqda va 4 ochkoga ega. 3-turda Ro'ziqul Berdiev shogirdlari mezbon "Al Faysali" sinovidan o'tishiga to'g'ri keladi. Har qanday holatda ham raqib o'z uyida o'ynamoqda. SHuni hisobga olganda kechagi g'alaba futbolchilarda ishonchni uyg'otgan bo'lsa, hech gapmas. Umid qilamizki, futbolchilarimiz ancha sergak tortib qolishdi. Bundan buyon bo'shashishga haqqiligi yo'q. 





Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика