Saudiya klubi Amrabatni Evropa klublaridan "aynitmoqchi"
08 iyu 2023 01:19
Yangiliklar
Saudiya klubi Amrabatni Evropa klublaridan "aynitmoqchi"
Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchiga "Manchester Yunayted", "Barselona" va "Atletiko Madrid" klublari jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
Manba bergan xabarga ko'ra, "Al Ahli" so'nggi kunlarda marokashlik futbolchining transferi ustida qattiq ishlamoqda. Klub rahbariyati Sofyanning akasi Nordin Amrabat bilan bir necha uchrashuvlar o'tkazdi va shu tariqa futbolchini transferga ko'ndirishga harakat qildi. Biroq, ayni damda, Evropadan kelgan variantlar futbolchi uchun ustuvor bo'lib qolmoqda.
2022/2023 yilgi mavsum Amrabat "Fiorentina" uchun barcha turnirlarda 49 ta o'yin o'tkazib, bitta golga assistentlik qilgan. Futbolchining Florenciya klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko'ra, futbolchining taxminiy narxi 30 million evroni tashkil qiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar