So’nggi yangiliklar

22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  56 22:04"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  4 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  1 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  1 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  7 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0

Saudiya Arabistonining 26 futbolchidan iborat tarkibi elon qilindi Yangiliklar

Saudiya Arabistonining 26 futbolchidan iborat tarkibi elon qilindi

Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Kozmin Olaurin 26 futbolchidan iborat tarkibni elon qildi.
Yaqindagina terma jamoa boshqaruvini qo'lga olgan ruminiyalik mutaxassis ilk bor shogirdlarini mashg'ulotda 25 dekabrda sinab ko'radi. 26 dekabrda esa saudiyaliklar Avstraliyaga yo'l olishadi. Terma jamoa manfaati yo'lida chempionat va kubok uchrashuvlarini to'xtatib turishga Saudiya Arabistoni ichki musobaqalarini o'tkazishga javobgar tashkilot rozi bo'lmadi.

Natijada kecha bo'lib o'tgan kubok bahslaridan keyin futbolchilar 2 kun dam olib, keyin terma jamoa yig'iniga etib kelishadi. Oxirgi haftalarda Saudiya Arabistonida "Ittihod" - "SHabab", "SHabab" - "Nassr", "Ahli" - "Ittihod" va "Ittihod" - "Hilol" kabi jiddiy to'qnashuvlar kuzatildi. Terma jamoaga "Hilol"dan 8, "Nassr"dan 6, "Ahli"dan 6, "SHabab"dan 4 va "Ittihod"dan 2 futbolchi chaqirilgan. Bu o'yinchilardan 3 nafari yakuniy ro'yxatdan o'rin olmaydi.
Caudiya Arabistoni termasi 30 dekabr kuni Melburnda Bahrayn va 4 yanvar kuni Sidneyda Janubiy Koreya bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi.

Saudiya Arabistoni terma jamoasi tarkibi
Darvozabonlar
- Abdulloh Sudairi (Al Hilol), Abdulloh Alenazi (Al Nassr), Volid Abdulloh (Al SHabab).
Himoyachilar - Abdulloh Dossari, Yosir SHahrani (Al Hilol), Hassan Fallatah, Majid Marshadi (Al SHabab), Motaz Havsavi, Osama Havsavi, Said Muvallad (Al Ahli), Omar Otman (Al Nassr).
Yarim himoyachilar - Avdi Hamis, Ibrohim G'olib, Yahyo SHehri (Al Nassr), Fahad Muvallad (Al Ittihod), Mustafo Albassas, Taysir Jassim, Volid Bakshin (Al Ahli), Navaf Obid, Salman Alfaraj, Salim Davsari, Saud Kariri (Al Hilol).
Hujumchilar - Abdulrahmon G'amdi (Al Ittihod), Muhammad Sahlavi (Al Nassr), Naif Hazazi (Al SHabab), Nosir Al SHamroni (Al Hilol).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика