Sarri: "Agarda "Napoli" chempion bo'lsa, o'lgunimcha hasad qilaman"
05 mar 2023 11:11
Yangiliklar
Sarri: "Agarda "Napoli" chempion bo'lsa, o'lgunimcha hasad qilaman"
"Lacio" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Napoli"ning Luchano Spalletti qo'l ostida o'tkazayotgan mavsumi haqida gapirdi.
Kecha "Lacio" A Seriyaning 25-turida "Napoli" maydonida g'alabaga erishdi. Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Sarridan o'zi ishlagan va hozirgi "Napoli"ning farqini so'rashdi.
"Dunyoda chiroyli qizlar juda ko'p. Agarda sizga qora sochli qizlar yoqsa, yoningizdagi sariq sochli qizga sen xunuksan deb aytmaysiz. Agarda "Napoli" chempionlikni qo'lga kiritsa, o'lgunimcha hasad qilaman.
Spalletti - fenomen. Ular sport direktori bilan birgalikda bungacha umuman amalga oshirmagan ishlarni bajarish uchun o'zida kuch topa oldi", - dedi "Lacio" ustozi.
Sarri 2015-2018 yillar davomida "Napoli"ni boshqargan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar