MYU 21 millionga sotgan futbolchisini "Barselona" 90 millionga sotib olishi mumkin
30 okt 10:43
Yangiliklar
MYU 21 millionga sotgan futbolchisini "Barselona" 90 millionga sotib olishi mumkin
"Barselona" "Napoli" yarim himoyachisi Skott Maktomineyga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Kataloniyaliklar markaziy yarim himoyachilari Frenki De Yong va Pedrining ko'p jarohat olayotgani sababli shotlandiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. "Napoli" o'z etakchisini 90 million evrodan kamiga sotmoqchi emas. Maktomineyga "Barselona"dan tashqari "Tottenxem" va "Nyukasl" jamoalari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Napoli" yarim himoyachini 2024 yilning yozida MYUdan 21 million funtga sotib olgandi. Skott o'tgan mavsum "Napoli" safida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 6 ta golga assistlik qildi. Shotlandiyalik yarim himoyachi o'tgan mavsum A Seriyaning eng yaxshi futbolchi deb elon qilingandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar