So’nggi yangiliklar

12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  1 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  2 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  11 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6

Sardor Rashidov: "To'g'risini aytaman, Ektor Kuperning o'yin uslubi menga yoqdi” Yangiliklar

Sardor Rashidov: "To'g'risini aytaman, Ektor Kuperning o'yin uslubi menga yoqdi”

Teglar :  Sardor Rashidov
Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Ushbu o'yindan so'ng terma jamoa futbochlisi Sardor Rashidov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Suriyaga qarshi bahs futbochlilar uchun qiyin bo'ldimi?

- Suriya terma jamoasiga qarshi oson o'yin bo'lmadi. Yangi murabbiyning taktikasiga moslashishga harakat qilyapmiz. Nasib qilsa chiroyli o'yinlar ko'rsatib muxlislarni xursand qilamiz. Oldimizda bizni Osiyo kubogi musobaqasi kutib turibdi. Ushbu musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rib yaxshi natijalarni qo'lga kiritamiz deb o'ylayman. Ko'rib turganinglardek Suriya terma jamoasi ham yaxshi shakllangan. Janubiy Koreya va Eron terma jamoalarining o'yinga moslashib oldik. Bizda ham o'sish bo'lmoqda. Nasib qilsa oldimizda turgan uchrashuvlarda yaxshi o'yin ko'rsatamiz.

- Ektor Kuperning o'yin uslubi, mashg'ulotlarda ishlab jarayoni qanday?

- To'g'risini aytaman, Ektor Kuperning o'yin uslubi menga yoqdi. Tajribali murabbiy ekani bilinib turibdi. Mashg'ulotlarda ham biz bilmagan, ko'rmagan mashqlarni bajaryapmmiz.

- Siz ushbu bahsda hujumchi ortida o'ynadingiz. Bu siz uchun yangilikmi?

- To'g'risini aytaman, birinchi marotaba ushbu chiziqda harakat qildim. Bosh murabbiyimiz meni ushbu chiziqda ko'rmoqchi bo'lganini aytgandi.

- Sizni uzoqdan raqib darvozasiga zarbalar berishingizga o'rganib qolganmiz. Ushbu uchrashuvda bir marotaba uzoqdan zarba berdingiz.

- Bu murabbiyning taktikasi. Bosh murabbiy nimani xohlasa biz o'sha narsani bajarishimiz kerak. Birinchi uchrashuvda o'zimni yaxshi his qildim. Nasib qilsa keyingi o'yinlarda yaxshiroq o'ynashga harakat qilaman.



- 11 sentyabr kuni Eron terma jamoasiga qarshi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazamiz. Ushbu uchrashuv oldidan qanday fikr bildira olasiz? O'z o'yimizda Eron terma jamoasini mag'lub etishga kuchimiz etadimi?

- Eron juda ham yaxshi terma jamoa. Eron bilan uchrashuv Suriyaga qarshi o'yindek bo'lmaydi. Kuchli o'yin bo'lishi tabiiy.

- Suriya terma jamoasi bilan o'yin o'rtoqlik maqomi ostida o'tgan bo'lsada, uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga kelgan muxlislar bahsdan so'ng biroz norozilik bildirishdi. Buni qanday baholaysiz?

- Barcha futbol muxlislari o'zining sevimli jamoasi har safar g'alaba qozonishini istaydi. Bunday vaziyatda muxlislar ham to'g'ri tushinishi kerak.

- Uchrashuvda penalti belgilangan paytda 11 metrli jarima zarbasini amalga oshirish uchun Otabek SHukurov bilan biroz talashib qoldingiz. Bunga qanday izoh berasiz?

- Buni talashish demagan bo'lardim. Otabek penaltini men bajaray dedi. Keyin yo'q men tepib ko'ray dedim. Barcha ko'rganidek oldimizga yoshi katta futbolchi Marat Bikmaev keldi va barchasini o'z zimmasiga oldi. Bizdan yoshi katta hurmat qilgan holda 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirish uchun ularga to'pni berdik (kuladi).

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика