So’nggi yangiliklar

00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  21 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  78 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5

Sardor Rashidov: "Ronaldu rasmlarda va televizorda juda baquvvat ko'rinadi, lekin..." Yangiliklar

Sardor Rashidov: "Ronaldu rasmlarda va televizorda juda baquvvat ko'rinadi, lekin..."

O'zbekiston terma jamoasi va "Lokomotiv" klubi yarim himoyachisi Sardor Rashidov portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu bilan uchrashuvi haqida gapirib berdi.

- Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida sizni maydonga tushishingizni intizorlik bilan kutgandik. Lekin murabbiy buni sizga ravo ko'rmadi. Asosan zaxirada qolib ketaverdingiz. Ammo ushbu o'yinlarni o'z ko'zingiz bilan ko'rdingiz. Undagi muhit qanday ekan?
- Yaxshi taassurot qoldirdi. Rosti, "Real"ga qarshi o'yinni maza qilib tomosha qildim. Futbol yulduzlarini yaqindan ko'rish boshqacha bo'lar ekan. Bu boshqa futbol. O'sha o'yinda "Al Jazira" g'alaba qozonishi ham mumkin edi. Lekin "Real" oxirgi daqiqalarda bizdan g'alabani tortib olgandi.

- O'yindan keyin "Real" yulduzlari bilan suhbatlashish uchun imkon bo'lganmidi?
- Ha, o'yindan keyin Ronaldu bilan gaplashdim. Krishtianuning hol ahvoli bilan qiziqdik va so'ngra uning futbolkasini so'radim. Lekin bu menga nasib qilmasligini sezib turgandim. CHindan ham mendan oldin futbolkani so'rab bo'lgan ekan. Rostini aytsam, rasmlarda va televizorda juda baquvvat ko'rinadi. Lekin yaqindan qaraganimizda o'zimizni yigitlar kabi. Xatto, yakkama yakka suhbatimizda uning elkasi menikidan biroz pastroqdek tuyuldi.

- CHempionlar ligasi finalida kimning imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Finalda "Real"ni favorit deb o'ylayman. Lekin "Liverpul" ham kuchli raqib. Qani ko'ramiz, nima bo'larkin? Ammo "Real" kuchliroq.

- Jahon chempionatida kimga muxlislik qilasiz?
- Argentinaga.

- Messi borligi uchunmi?
- Ha, shunday.

- U holda siz uchun kim kuchli: Messimi yoki Ronaldu?
- Hech birini tanlamayman. Ikkalasi ham men uchun bir xil, - deydi Sardor Rashidov "Futbol Ekspress" gazetasiga. 

Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика