So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Sardor Rashidov klublar o'rtasidagi jahon chempionatida o'ynaydigan o'zbekistonlik dastlabki futbolchi Yangiliklar

Sardor Rashidov klublar o'rtasidagi jahon chempionatida o'ynaydigan o'zbekistonlik dastlabki futbolchi

6-16 dekabr kunlari BAAda klublar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib o'tadi. BAAning ikkita shahrida bo'lib o'tadigan mazkur musobaqada jami sakkizta uchrashuv o'tkaziladi.

Ushbu turnirda hamyurtimiz Sardor Rashidov to'p tepayotgan "Al Jazira" klubi ham o'ynaydi. "Al Jazira" o'zining ilk uchrashuvini ertaga "Oklend Siti" klubiga qarshi o'tkazadi. O'yin bizning vaqt bilan 22:00da boshlanadi.

SHuni aytish lozim, Sardor Rashidov bunday nufuzli musobaqada maydonga tushadigan o'zbekistonlik birinchi futbolchi bo'ladi. Uning jamoasi dastlabki uchrashuvga qizg'in hozirlik ko'rmoqda. Bungacha klublar o'rtasidagi jahon chempionatida BAAdan ikkita jamoa qatnashgan. Bular "Al Ahli" (2009 yil) va "Al Vahda" (2010 yil) klublari. "Al Jazira" esa mazkur mamlakatning uchinchi klubi bo'ladi.


"Al Jazira" Abu Dabidagi eng keksa klub hisoblanadi. Bu jamoa 1974 yil tashkil topgan. Ushbu klub shu paytgacha ikki bor ichki chempionatda, uch marta Prezident Kubogida va bir marta Liga Kubogida zafar quchgan. O'tgan yillar mobaynida "Al Jazira" safida bir nechta futbolchilar to'p tepishgan.

Masalan, 1995 yil FIFA talqiniga ko'ra "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan Jorj Vea 2001-2003 yillarda "Al Jazira"da faoliyat olib borgan va jamoaga sardorlik qilgan. SHuningdek, Mirko Vuchinich, Rikardo Oliveyra, Lassana Diarra kabi futbolchilar ham o'z vaqtida shu jamoada o'ynashgan.


"Al Jazira" BAAda eng yaxshi futbol maktabiga ega klublar sirasiga kiradi. Bu jamoadan Ali Mabxut kabi mashhur futbolchining etishib chiqishiyoq ko'p narsadan darak beradi. 2015 yilgi Osiyo Kubogida eng ko'p gol urgan hujumchi o'tgan 20 yil ichida BAA terma jamoasining eng yaxshi to'purarlaridan biri bo'lib turibdi. O'tgan mavsum u "Al Jazira" tarkibida 33ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Bundan tashqari, hamyurtimiz Sardor Rashidov ham mazkur klub tarkibida faoliyat yuritmoqda. Demak, uni ham hayajonli damlar kutib turibdi deya olamiz. Jamoa bosh murabbiyi esa taniqli mutaxassislardan biri Xenk ten Kate. Albatta, ko'pchilik o'zbekistonlik muxlislar klublar o'rtasidagi jahon chempionatida Sardor Rashidov sabab "Al Jazira"ga muxlislik qilishlari tabiiy hol. SHu o'rinda biz Rashidov va uning jamoasiga omad tilab qolamiz.

Reyting: +45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика