So’nggi yangiliklar

01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  0 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  0 00:51"Лилль" дарвозабонидан супер қаҳрамонлик!  1 00:28ОФФА Президенти Ровшан Нажаф ФИФА Президентига миннатдорлик билдирди  0 00:15Конференциялар лигаси. "Кристал Пэлас" тарихий ўйинда ишончли ғалаба қайд этди  1 23:53Европа лигаси. "Бетис"да ғалаба, "Рома" ўз майдонида ютқазди ва бошқа натижалар  0 23:25Муҳим ўйинлар олдидан "Ливерпуль"да жуда жиддий йўқотиш бор  3 23:06Анчелотти Бразилия термасининг сардори ким бўлишини маълум қилди  2 22:43Исроил нега мусобақалардан четлатилмаяпти? Инфантино жавоб берди  16 22:14Игорь Иванович Химич — “Нефтчи” футбол академияси директори  3 21:55Чақир, Мбаппе, Хойлунд - ЕЧЛда ҳафта рамзий термаси маълум қилинди  0 21:31ЎФА Фабио Каннаварога қанча муддатли шартнома таклиф қилган? Тимур Кападзенинг термадаги тақдири нима бўлади?  53 21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термасини "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  65 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  3 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  4

Sardor Rashidov: "Bahrayn bugun arab jamoalarining eng yuqori saviyasini ko'rsatdi" Yangiliklar

Sardor Rashidov: "Bahrayn bugun arab jamoalarining eng yuqori saviyasini ko'rsatdi"

O'zbekiston terma jamoasiga Bahrayn ustidan g'alaba keltirgan yagona golga mualliflik qilgan Sardor Rashidov uchrashuv haqidagi o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Bahrayn terma jamoasi Filippinga qaraganda juda yaxshi o'ynadi. Bizlar ulardan bu kabi qarshilikni kutmagandik. Muhimi o'zimiz uchun muhim va kerakli g'alaba erishdik. Safardagi va bugungi o'yin o'rtasidagi farq? Manamada quyosh ostida o'ynagandik. Bugun esa kuchli yomg'ir sharros qo'ydi. O'z uyimizdagi bahsda muxlislarimiz bizni fantastik tarzda qo'llab turishdi. Umuman hozirgi kunda barcha birdek futbol o'ynashni o'rganib olgan. Qo'lga kiritilgan g'alabada ularning ko'maklari katta bo'ldi. Aynan ishqibozlarning olqishlari bizni ruhlantirib turdi. Xato va kamchiliklar barcha jamoalarda uchraydi. Keyingi hal qiluvchi bosqichda yanada kuchli tayyorgarlik ko'ramiz va muxlislarimizning orzularini ruyobga chaqirishga borimizni berib harakat qilamiz. Arab jamoalariga qarshi bo'ladigan istalgan o'yin bugungisidan kuchli bo'lmaydi. Bahrayn ham bugun juda kuchli qarshilik ko'rsatdi. Ular ushbu bellashuvda arab terma jamoalarining eng yuqori saviyasini ko'rsatishdi. Arab jamoalarining saviyasi bundan baland emas. Agarda keyingi bosqichda Yaponiya yoki Koreya tushib qolsa, o'shanda yanada qiyinroq bo'lishi mumkin. Biroq qolgan arab jamoalari Bahrayn namoyish etgan o'yindan kuchliroq qarshilik ko'rsata olishmaydi. Yaponiya va Janubiy Koreya saviya jihatdan arab jamoalaridan bir bosh baland hisoblanadi. Keyingi bosqichda kimlar bilan duch kelishimizni quradan so'ng bilib olamiz", - dedi Sardor Rashidov.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика