So’nggi yangiliklar

11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  1 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  1 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  5 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  4 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4

Sardor Qahhorov : “Obod" bilan o'z maqsadimga erishganimdan xursandman” Yangiliklar

Sardor Qahhorov : “Obod" bilan o'z maqsadimga erishganimdan xursandman”

Teglar :  ObodSardor Qahhorov
Oliy liganing 29-tur doirasida shiddatli o'tishi kutilgan o'yinda haqiqiy bellashuv bo'ldi.
Oliy ligada qolish masalasini hal qilayotgan ikki jamoa o'rtasidagi bahs nursiz durang bilan yakun topdi. ("Obod" - "Andijon" 0:0). Elitada qolish vazifasini bajargan “Obod” jamoasi himoyachisi Sardor Qahhorov bellashuv borasidagi fikri bilan o'rtoqlashdi.

- Men judayam baxtliman. Bu jamoaga ikkinchi davrada kelib qo'shilganim hamda o'z oldimga qo'ygan maqsadlarimga aynan shu jamoa bilan erishganimdan behad baxtiyorman. "Obod" safida bir jamoa bo'lib bellashish va bunday muhitda o'ynash orzu. Bu erga kelganimda o'z oldimga jamoamni og'ir vaziyatdan qo'tqarish edi va men o'z maqsadimga erishdim. Menimcha, biz bunga haqli edik.

- O'yinga qay tarzda tayyorgarlik qildingiz? Qiyin o'yin bo'lishi kutilgan edi...
- Bu o'yinda har qanday vaziyatga tayyor edik. Raqib jamoani juda ham yaxshi o'rganib chiqqan edik. 90 daqiqa davomida jamoamiz o'yinchilari maydonda bor kuch va matonatini namoyish etishdi. Murabbiyimiz tomonidan ko'rsatilgan ko'rsatmalarni amalga oshirdik. Jamoaning ichki muhiti judayam yoqadi. Biz ruhan bu bahsga tayyorgarlik ko'rgan edik. Butun jamoamizga rahmat.

- Keyingi mavsumda ham faoliyatingizni “Obod” jamoasida olib borasizmi yoki boshqa takliflar ham bormi?
- Men Jizzax viloyatida o'z faoliyatimni boshlaganman. Viloyatimga bo'lgan muhabbatim cheksiz. SHu darajaga etishishimga sababchi bo'lgan barcha murabbiylarimga rahmat. Savolingizga keladigan bo'lsak, niyatlarim judayam ko'p. Buni vaqt ko'rsatadi va niyatlarim ko'p. Barchasini keyingi mavsumda amalga oshirishga harakat qilaman - deydi Qahhorov.

Intervyu davomida Sardor Qahhorov  chin ko'ngildan baxtiyorligini va hayajonini yashira olmas edi. Sardorning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.

Dildora Xolboeva


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика