So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  0 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   2 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  13 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  167 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  53 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  8 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Sardor Mirzaev - Tailanddagi faoliyati, OKMKga o'tishi, 2 baho va "Neftchi" haqida Yangiliklar

Sardor Mirzaev - Tailanddagi faoliyati, OKMKga o'tishi, 2 baho va "Neftchi" haqida

2020 yil boshida Tailandning "Muangtong Yunayted" klubiga yo'l olgan Sardor Mirzaev 3 yildan so'ng yana O'zbekiston chempionatiga qaytdi.

Futbolchi Olmaliqning OKMK jamoasi tarkibiga kelib qo'shildi va mashg'ulotlarda qatnashishni boshladi. Sardor Mirzaev har doim ham diqqat markazida bo'lavermaydi, ijtimoiy tarmoqlarda ham sahifalari yo'q. OAVlarga bergan intervyulari ham ko'p emas. Championat.asia muxbiri OKMKning kechagi mashg'uloti oldidan Sardor Mirzaevni suhbatga chorladi. 


- OKMK jamoasiga o'tishingiz qanday yuz berdi?

- Bu jamoani tanlashimda ko'proq o'yin uslubi, falsafasini hisobga oldim. Mirjalol Qosimov begona emas, ular bilan ishlash nasib qilganidan xursandman. 1-2ta yaxshi variantlar bor edi. Yakunda OKMKda to'xtaldim. 

- Ijtimoiy tarmoqda o'zingiz haqingizda chiqqan xabarlarni o'qiysizmi?

- Ochig'i internetga ko'p vaqt ajratmayman. Faqat tanishlar qaerga o'tayotganimni so'rashdi. Tailanddan kelgach 1,5 oy faqat oilam davrasida hordiq chiqardim. CHunki xorijda ko'p vaqtim o'tdi. Oilamga etarlicha vaqt ajrata olganim yo'q. OKMK OCHL pley-off uchrashuvida o'ynaydi, guruh bosqichiga chiqish uchun imkoniyati bor. 

- Tailandda 3,5 yil ortga qaraganda qanday o'tdi?

- Bu faoliyatimdagi katta sahifa ochgan davr bo'ldi. O'zim uchun ingiliz tilini yana ko'p narsani o'rgandim. To'g'ri Tailandda futbolchilar mahorat, tajriba bobida bizdan ortdadir. Biroq tashkiliy masalalarda O'zbekistonda ancha oldinda. 

- Oddiy misol futbolchini tanishtirish jarayoni...

- Bunday tarzda tanishtirishlari tushimga ham kirmagandi. Futbolga etibor juda kuchli. Muxlislar stadioni to'ldirishadi.

- Tailandda klublarni moliyalashtirish qanday? 

- Barchasi xususiy. Davlat qaramog'idagi klublarni ko'rmadim. O'zbekistonda ham xususiylashtirilsa yaxshi bo'lardi. Lekin buni ko'p ham tushunmaganim uchun biron fikr bildira olmayman. Masalan Tailandda bitta bosh homiy bor. Klubdagi qolganlar brendini reklama qiladi, muxlislardan pul tushadi. O'zimiz ko'p reklamalarda suratga tushar edik. SHundan klub o'zini o'zi xarajatlarini qoplaydi. Media nihoyatda kuchli. Bunda mediani hech qaerda ko'rmaganman. Har kungi mashg'ulotlarni 2ta fotograf, operator, tasvirchilar tomonidan sahifalariga qo'yib boriladi. Zamonaviy texnikalarni jalb qiladi. 

- Klublarimizdagi mediaga Tailand bilan solishtirganda 5 ballik tizmda necha baho qo'ygan bo'lardingiz?

- 5 balldan 2 qo'ygan bo'lardim. Hozir ko'rsangiz u erda dronlar bilan tasvirga tushirishadi. Siz bunday kontentni bir oyda ko'pi bilan 2,3 martta qilasiz. Ular uchun bu har kungi odatiy hol.  

- O'zbekiston Superligasi uchrashuvlariga tushdingizmi. 3 yil oldingidan nima oldinga siljigan?

- OKMK, "Navbahor", "Neftchi" uchrashuvlariga tushdim. To'g'ri O'zbekiston futboli yangilikmas. Ammo chempionlik uchun kurashadigan jamoalar ko'paygani nimadir o'zgarganini bildirib turibdi. Deylik oldin "Paxtakor", "Lokomotiv" o'rtasida kechgan bo'lsa, hozir "Navbahor", "Neftchi" qo'shildi. Jamoalar saviyasi tenglashgani hisobiga chempionat qiziqarli o'tyapti. 

- Sardor Mirzaev nima uchun ijtimoiy tarmoqlarda faol emas?

- Hammaning o'z hayot tarzi bor. Bo'sh vaqtni oilamga, farzandlar tarbiyasiga ajrtaman. CHetda yanada uzoqlashsangiz buni ko'proq qo'msaysiz. 

- "Neftchi" orqali katta futbolda debyut qilgansiz. Farg'onaliklarda uchun bu yilni qaysi o'rin bilan yakunlash imkoniyati yuqori?

- Klubga 10 yildan oshiq vaqtdan so'ng yana etibor qaratila boshlagani yoqimli. "Neftchi" stadioni, bazasi yangilanganini ko'rdim. Yaxshi futbolchilar jamlangan. "Neftchi" bu yil OCHLga yo'llanma oladigan, kuchli uchlikka kiradigan imkoniyatga ega.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика