So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  0 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   2 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  13 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  167 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  53 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  8 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

"Saraevo" bosh murabbiyi Vasoski: "Nasaf"ning 77-raqamdagi futbolchisi himoyachilarimizga tinchlik bermadi" Yangiliklar

"Saraevo" bosh murabbiyi Vasoski: "Nasaf"ning 77-raqamdagi futbolchisi himoyachilarimizga tinchlik bermadi"

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" jamoasi kecha Turkiya yig'inidan o'rin olgan galdagi o'rtoqlik uchrashuvida qatnashdi.

Bosniya va Gercegovinaning "Saraevo" jamoasi sparring raqib vazifasini o'tagan bahsda "ajdarlar" katta ustunlikka ega bo'lishdi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yindan so'ng "Saraevo" bosh murabbiyi Aleksandar Vasoski saytimiz muhbiri Abdulaziz Iskandarov bilan suhbatda o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Nasaf" yaxshi jamoa ekanligini o'yinda ham isbotladi. Biz ushbu uchrashuvda ikkinchi tarkib futbolchilariga imkoniyat berishga qaror qildik. CHunki yig'in davomida barchaning holatini ko'zdan kechirib olishimiz kerak. Maydonda biroz yoshartirilgan "Saraevo"ni ko'rdingiz. Raqib ustunlikni o'z qo'liga oldi, ko'p vaziyatlar yaratdi. Tayyorgarligimiz oxirlab bormoqda. Turkiyada ko'proq uchrashuvlar o'tkazdik. 

Menga "Nasaf"ning chiziqlar orasida tezkorlik bilan o'ynashi yoqdi. Jismoniy tomondan ularga yaxshi baho beraman. Ayniqsa 77-raqamdagi futbolchi (Oybek Bozorov) himoyachilarimizga tinchlik bergani yo'q. Uning texnikasi va tezligiga qoyilman. Biz bilan o'yinda u eng yaxshi futbolchi bo'ldi, deya olaman",- deydi Aleksandar Vasoski.

Eslatib o'tamiz, o'yinda "Nasaf" 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика