So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Sanjar Tursunov: “Muhimi jamoamiz ahil” Yangiliklar

Sanjar Tursunov: “Muhimi jamoamiz ahil”

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunov Bahraynga qarshi o'yindan so'ng bir qator savollarga javob qaytardi.
“Tayyorgarlik reja bo'yicha davom etyapti. Bahraynga qarshi o'yinda avval havoni o'zimizga bo'ysundirib olishimiz kerak edi, keyin esa jamoani. Bahrayn esa faqat bizga qarshilik qilsa kifoya edi”,  - deydi Sanjar Tursunov.

-   Havoni inobatga olmasak, o'yindan kelib chiqib qanchalik Osiyo Kubogiga tayyorlanib boryapmiz?

-   Yig'inga hamma har xil sharoitda keladi. Klub bilan terma jamoa o'rtasida farq katta, klubda bitta taktika ustida har kuni ishlaymiz, terma jamoajda esa buning imkoniyati kam. Hozir ham bir-birimizni tushunyapmiz, lekin yanada yuqori darajaga chiqishimiz kerak. Tanqidlar ko'payib ketdi. SHu erda bir narsani aytib o'tishim kerak, bizni qo'llab-quvvatlashingizni istardik. Futbol shunday o'yinki, unda tavakkal qilish lozim, shunday tavakkal qilishimiz kerak bo'lgan paytda, o'yinimiz o'xshamay qolishi mumkin. Kecha plyajda futbol o'ynadik va tiklanish mashqini bajardik. Jamoa ichidagi muhit ajoyib tarzda. Afsuski, buni noto'g'ri tushunganlar ham bo'ldi, plyajda futbol o'ynagandan keyin tuproq aralash avtobusga chiqib ketmaysiz-ku? Qolaversa tuzli plyajning tiklanishga ham foydasi bor. Murabbiylarimiz ham biz bilan o'ynashdi. Hammasi ajoyib bo'ldi, muhimi ahillik bor.



-   BAAga qarshi tayyorgarlik qanday kechyapti?
-   BAA Osiyoning kuchli terma jamoalari qatoriga chiqib oldi deb o'ylayman, sababi ko'plab kuchli raqiblarga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazyapti. Tabiiyki, bunday pallada ularning kamchiligi ko'rinib, buning ustida ishlashadi. Yangi Zelandiya bilan nima uchun o'yinimiz o'xshadi, boisi ularga qarshi ko'proq tayyorgarlik ko'rgan edik. Mana shunday yig'inlar bizga asqotadi. BAAni yutishimiz kerak. BAAning Avstraliyaga qarshi kechgan o'yinini ko'rib chiqdik, ular ancha yaxshi harakat qilishdi.
 
-   Terma jamoamiz avvalgi holatini tikladi deb ayta olasizmi, bir yil avval ko'pchilik yoki zaxirada jarohatini davolash bilan band edi.
-   Xudoga shukrlar bo'lsinki hozir hammasi yaxshi, o'zingiz ko'ryapsiz muhit ham alo darajada. Avvalgi Osiyo Kubogidan keyin ko'plab jamoadoshlarim chet eldan jamoa topishgan edi. Bu safar esa ular o'sha davrga nisbatana ancha tajribali bo'lib qaytyaptilar.



-   Osiyoda kuchsiz jamoalar qolmayotganini inobatga olsak, sizga ko'proq qaysi jamoalar yoqyapti?
-   O'ylashim bo'yicha BAA, Qatar katta suratda o'syaptilar. Afsuski har bir jamoa haqida fikr yurita olmayman, boisi ularni kuzatish har dom ham nasib etavermaydi.

-   Yangi shartnomangiz haqida, siz shu variantni taklif qildingizmi yoki klubmi?
-   “Vorskla” rahbarlari 2,5 yillik shartnoma taklif qilishdi, men esa uzoq muddatga shartnoma tuzaolmasdim. Keyin 1,5 yil, men esa yarim yil taklifi bilan chiqdim. Klub rahbariyai bilan munosabatim yaxshi, yozgacha balki boshqa bir to'xtamga kelarmiz.

Nodirxo'ja Yuldashev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика