So’nggi yangiliklar

21:40Қатардаги U17 Жаҳон чемпионатида 3 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  0 21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 21:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  9 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  37 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  12 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  3 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0

Sanjar Tursunov: Mag'lubiyatni tezda unutish kerak… Yangiliklar

Sanjar Tursunov: Mag'lubiyatni tezda unutish kerak…

Vorskla yarim himoyachisi Sanjar Tursunov kechagi SHaxtyordan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi
- Sanjar, o'yin haqida nima deya olasiz?
- Yaxshi o'yin bo'ldi. Menimcha faqat natija yomon bo'ldi. Afsuski uchrashuv so'nggida gol o'tkazib yubordik, bu - futbol. Keyingi o'yinlarda bunday xatolar qilmaslikka urinamiz.

- Yani ishonch keyingi o'yinlarda qaytishiga shubha yo'q?
- Aynan shunday. Barcha yigitlar borlarini berib o'ynashdi, bu chetdan ham ko'ringan bo'lsa kerak.

- SHaxtyorning birinchi goli og'ir zarba bo'ldimi?
- Hisob 1:1 bo'lganida, biz yana gol urishni istadik. Darhol ikkinchi golni o'tkazib yubordik… birinchi gol ham bo'lmasligi kerak edi. Endi biz darvoza to'sinini nishonga olganimizni va bir necha vaziyatlardan foydalana olmaganimizni eslash mumkin. Ushbu mag'lubiyatni tezda unutish kerak. Mashg'ulotlarda jiddiy ishlayapmiz, ijobiy natija yaqin orada keladi.

- Dario Srna bilan nega tortishib ketdinglar?

- Kimdir uni turtib yubordi, Srna yiqilib tushdi... U yog'i hissiyotlar Buni eslashning umuman foydasi yo'q.

- Dastlabki ikki turdan so'ng nimalar deya olasiz?
- Birinchi o'yinda hayajon bo'lgani aniq. Bugun esa SHaxtyorga qarshi yaxshi o'ynadik. Faqat oldinga intilamiz, g'alabalarga yaqin qoldi, bunga ishonish kerak xolos.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика