So’nggi yangiliklar

14:00Абрамовнинг "Динамо"си тарих остонасида: ким совринли ўринлардан четда қолади?  0 13:38Меҳди Тареми: "Ўзбекистон даражаси нуқтаи назаридан кичик жамоа эмас, улар жуда сифатли футбол кўрсатади"  2 13:10Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди  4 12:52"Севинч" — 17 карра Ўзбекистон чемпиони!  1 12:31Рафинья индивидуал машғулотларга қайтди  1 12:04Миср етакчиларидан бири Ўзбекистонга қарши ўйнамайди  1 11:43Сака "Арсенал"нинг чемпионлиги ҳақидаги гап-сўзларга эътибор бермаслиги айтди  0 11:20Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида ўқув-машғулот йиғинига киришди  3 10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  5 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  12 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  9 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  3 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  8 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  11

Santush nega Jahon chempionatida Ronalduni zaxirada qoldirganini aytdi Yangiliklar

Santush nega Jahon chempionatida Ronalduni zaxirada qoldirganini aytdi

Murabbiy o'sha payt katta tanqidlarga uchragandi.

Portugaliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Fernandu Santush Qatarda o'tkazilgan Jahon chempionatida Krishtianu Ronalduni nega zaxirada qoldirgani haqida gapirdi. Futbolchi guruh bosqichidagi o'yinlarda boshlang'ich tarkibdan joy olgan, keyin esa zaxirada qolishni boshlagandi.

- Janob Santush, Ronaldu bilan qanchadan beri suhbatlashmayapsiz?

- Bu boshqa masala, biz gaplashmayampmiz. Qachon oxirgi marta suhbatlashganimiz esimda yo'q. Qatardan ketganimdan beri gaplashmadik. 

Menda Ronaldu bilan juda quyuq munosabat bor edi. Ishdan tashqari, shaxsiy munosabatlar ham. Men Qatarda strategik qaror qabul qildim. Siz buni tushunishingiz kerak. Men uni dunyoning eng zo'ri deb ataganman, rostdan ham shunday. Biroq Qatarda Ronalduning faoliyatidagi og'ir palla edi.

2022 yilning ikkinchi yarmi u uchun juda yomon o'tgandi. Hammasi uning oilasidagi baxtsizlikdan boshlandi. Bu narsa Ronalduga og'ir tasir qildi, sport taraflama ham shunday bo'ldi. 

Krishtianu mavsum oldi tayorgarligini o'tamadi. U ikki oy mashq qilmadi. Keyin Ronaldu MYUga qaytdi, biroq uni deyarli maydonga tushirishmadi.

Mendan Ronaldu yaxshi formadamidi deb so'rasangiz, men ha deb aytaman. U har doim shunaqa edi. Natija va tanaga etibor berish bo'yicha hech kim Ronalduga eta olmaydi. SHaxsiy ko'rsatkichlar bo'yicha u eng zo'ri edi.

Ko'pchilik u o'ynamasligi kerak deb hisoblagandi. O'yin ritmini his qilish bo'yicha o'sha payt Ronaldu eng yomon ahvolda edi. Unda ritm yo'qolgandi. Jahon chempionatidan oldin uning ritmini tiklashga urindik. Jahon chempionatining boshida ham bunga harakat qildik. Ronalduga aynan ritm etishmasdi. Qolgan barcha narsa joyida edi.

Alohida sinab ko'rilsa, Ronaldu istalgan o'yinchidan yaxshiroq ko'rsatkichlarni berardi. Men esa strategik tomondan ish ko'rdim. Jahon chempionatining dastlabki o'yinlarida uni sinab ko'rdim. Keyin esa jamoaga ko'rsatkichlari yaxshiroq kimdir kerak deb o'yladim, ammo Ronaldu baribir jamoa uchun muhim o'yinchi edi", -deydi Fernandu Santush.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика