Santi Kasorla MLS’ga ko'chib o'tishi mumkin Yangiliklar

Santi Kasorla MLS’ga ko'chib o'tishi mumkin

Santi Ispaniyadan ketish haqida o'ylamoqda.

“Sky Sports” xabariga ko'ra, ispaniyalik 34 yoshli yarim himoyachi Santi Kasorla “Vilyarreal”ni qishki transferlar vaqtida tark etishi mumkin. Bu haqda futbolchining o'zi mahalliy nashrlardan biriga bergan intervyusida malum qilgan. Unga ko'ra, Kasorla ayni damda AQSHda to'p surish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Malumot uchun, Kasorla joriy mavsum La Ligada 12 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berishga muvaffaq bo'ldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика