Sanjar Tursunov: "Muxlislar bizni astoydil qo'llab-quvvatlab turishdi"
19 may 2022 00:42
Yangiliklar
Sanjar Tursunov: "Muxlislar bizni astoydil qo'llab-quvvatlab turishdi"
Bugun O'zbekiston futboli afsonalari Italiya A Seriyasi yulduzlariga qarshi to'p tepishdi.
3:2 hisobida hamyurtlarimiz foydasiga hal bo'lgan mazkur bellashuvdan keyin termamiz birinchi goli muallifi Sanjar Tursunov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- O'yin haqida
- Uchrashuv haqidagi taassurotlarim alo darajada. Birinchidan, g'alaba qozondik. Ikkinchidan, buncha muxlislar kelishini kutmagandik. Bizni astoydil qo'llab-quvvatlab turishdi. Juda xursandmiz.

- O'yindagi eng chiroyli gol muallifiga aylandingiz. Abbyati darvozasiga shunaqa to'p kiritishingizni kutganmidingiz?
- Futbolchi maydonga tushgach, avvalo, g'alabani qo'lga kiritishni, keyin esa gol urishni xohlaydi. SHunday gol urganimdan baxtiyorman.

O'zbekiston futboli afsonalari Italiya faxriylari ustidan g'alaba qozondi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar