So’nggi yangiliklar

09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  3 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  2 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  11 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  5 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8

Sanjar Rashidov: "Bunyodkor"da raqobatda yutqazganim yo'q" Yangiliklar

Sanjar Rashidov: "Bunyodkor"da raqobatda yutqazganim yo'q"

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasini qishki transferlar oynasi vaqtida yana bir yarim himoyachi Sanjar Rashidov tark etdi.

O'z vaqtida "So'g'diyona"da etakchiga aylangan va o'zini ko'rsatgan futbolchi "Bunyodkor"da ham nimalarga qodirligini ko'rsatishi kutilgan edi. Lekin unday bo'lib chiqmadi. Ko'p hollarda o'yin amaliyotisiz qolib ketdi. Endilikda Sanjar Rashidov qanday yo'l tutadi? Ortda qolgan mavsumda raqobatda yutqazdimi? SHu va boshqa savollar bilan unga yuzlandik. 

- O'tgan mavsumda siz bilan suhbatlashganimizda "Bunyodkor" orqali faoliyatimda yangi sahifa ochishni maqsad qilganman, degansiz. Poytaxt klubidagi faoliyatingiz o'zingiz o'ylagandek chiqdimi?

- Assalomu aleykum. To'g'ri "Bunyodkor"ga ulkan niyatlar bilan borgan edim. Lekin har doim siz o'ylagan narsa bo'lavermas ekan. O'zim istagan darajada o'ynay olmadim. Mavsum davomida kam maydonga tushdim. Qisqasi qoniqqanim yo'q. Hammasi xudodan. 

- Sizningcha, nima uchun jamoani ko'p futbolchilar tark etmoqda?

- Aksariyat o'yinchilarning shartnomasi 31 dekabr kuni yakunlagan. To'g'risi qolganlarning vaziyatidan xabardor emasman. 

- Sanjar Rashidovning keyingi manzili qaysi jamoa bo'lishi mumkin?

- Hozir biror narsa deya olmayman. Nasib qilsa, tez kunlarda aniq bo'ladi. 

- "So'g'diyona"dagi o'yiningizni "Bunyodkor"da ko'rsatishingizga nima to'sqinlik qildi? Balki raqobatda yutqazgandirsiz. Har holda siz o'ynaydigan poziciyada futbolchilar ko'p edi...

- Yuqorida aytganimdek ko'p ham maydonga tushmadim. Asosan zaxiradan o'yinga qo'shildim. Jamoada kuchli ijrochilar yig'ilgan. Buni tan olaman. Ammo men raqobatda mag'lub bo'lmadim. Ayrim sabablarga ko'ra, bazi bir insonlar uchun shunday holat yuz berdi. 

- "So'g'diyona"ning ikkinchi o'rinni olishi tarixiy natija sifatida qabul qilindi. Jizzaxlik muxlislar bu borada sizni ham unutishmaganini, tabriklashganini eshitdik...

- Bu men uchun jonajon jamoa hisoblanadi. Jizzaxda 10 yil to'p tepdim. Qaerda bo'lsam ham "So'g'diyona" yuragimda turadi. Mavsum davomida muxlislik qildim, deb baralla ayta olaman. Klub buning uchun ko'p mehnat qildi. Rahbar O'ktam Mahmudjonov ko'p ishlarni amalga oshirdi.  To'g'ri takidladingiz o'shanda kumush medal bilan ishqibozlar menga ham qo'ng'iroq qilib qutlashdi. Yangi mavsumda ham ularga faqat omad tilayman.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика