So’nggi yangiliklar

09:08МЮ Антонига нарх белгилади  0 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  10 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  2 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  0 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  0 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  2 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  1 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  34 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  12 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  7 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  3 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  109

Samvel Babayan: "Umid qilamanki, O'zbekistonga alo kayfiyatda uchib ketamiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Umid qilamanki, O'zbekistonga alo kayfiyatda uchib ketamiz"

Teglar :  Samvel Babayan
JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 9-turidan o'rin olgan Xitoy – O'zbekiston uchrashuvi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarim himoyachi Server Jeparov ishtirok etdi.

“Ertaga hammani – murabbiy va futbolchilarni muhim o'yin kutib turibdi. Biz JCHga chiqish orzuziga erishishni istaymiz va hammamiz uchun imkoniyatlar yaratib bergan mamlakat oldidagi qarzimizni uzishimi kerak. Ayni vaqtda O'zbekistonda sport, ayniqsa, yoshlar sportiga katta etibor qaratilmoqda.

Bevosita ertangi o'yinga to'xtaladigan bo'lsam, biz kuchli raqibga qarshi o'ynaymiz. Ayni vaqtda Xitoy futbolida katta o'sishni ko'rish mumkin. Klub miqyosida ham jamoalar xalqaro maydonda munosib ishtirok etmoqda. Bu mamlakatga kiritilayotgan sarmoyalar ham ulkandir. Xitoy termasini zamonamizning eng kuchli mutaxassislaridan biri – Marchello Lippi boshqarmoqda. So'nggi paytlarda o'yin sifati ustida ishladik va imkon qadar bara muammolarni bartaraf etdik. Ertaga maydonda eng yaxshi o'yinimizni namoyish qilamiz.

Toshkentdagi o'yindan keyin Xitoy termasi murabbiyi almashdi va bu jamoaga ijobiy tasir o'tkazdi. Raqibning so'nggi o'yinlarini kuzatdik. O'yin sifati ancha kuchayganini aytish mumkin. Xitoy termasiga qarshi qiziqarli bellashuv guvohi bo'lamiz. Bugun Janubiy Koreya haqida emas, faqatgina Xitoyga qarshi o'yin haqida o'ylaymiz. Barcha etibor ertangi o'yinga qaratilgan.

Xitoy termasidan farqlik ravishda, O'zbekiston terma jamoasining bir necha nafar futbolchisi chet el chempionatlarida to'p suradi. O'zbekiston Futbol Federaciyasi tayyorgarlik ko'rish uchun barcha imkoniyatlarni yaratgan, biroq legioner futbolchilar har doim ham bir vaqtda bizga qo'shila olmaydi.

Uxanga kelishdan oldin ob-havo nisbatan nam bo'lishini aytishgandi. Biroq biz bu erga etib kelganimizda havo iliq ekaniga amin bo'ldik. Xitoy chempionatida to'p surayotgan 3 nafar futbolchimizdan raqib o'yinchilari haqida etarlicha malumot oldik”, – dedi Samvel Babayan.

“Xitoy kuchli va yaxshi jamoa, ammo biz g'alaba uchun keldik. Umid qilamanki, O'zbekistonga alo kayfityada uchib ketamiz. Janubiy Koreyaga qarshi bellashuv ham biz uchun muhim sanaladi”, – deya fikr bildirdi Server Jeparov.

Eslatib o'tamiz, Xitoy – O'zbekiston uchrashuvi ertaga, 31 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика