So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  4 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  41 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Samvel Babayan: "Olimpik" birinchi daqiqadanoq vaqt cho'zish va o'yin tempini o'ldirishga harakat qildi. Bu ishni kasb qilib olgan boshqa bir klubni bilardim" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Olimpik" birinchi daqiqadanoq vaqt cho'zish va o'yin tempini o'ldirishga harakat qildi. Bu ishni kasb qilib olgan boshqa bir klubni bilardim"

Superliga 10-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Olimpik" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- "Navbahor"ga qarshi hamma boshqacha tayyorgarlik ko'radi. Ishonch bilan ayta olamanki, bugun chempionatdagi eng yaxshi o'yinni o'tkazdik. Juda ko'p vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Yigitlarga katta rahmat. Ular to'g'ri o'ynashdi. Vaziyatlarni yakunlashdagina muammo bo'ldi, qolgan barchasi yaxshi. "Olimpik" birinchi daqiqadanoq vaqt cho'zish va o'yin tempini o'ldirishga harakat qildi. Bu ishni kasb qilib olgan boshqa bir jamoani bilardim. "So'g'diyona"ni nazarda tutyapman. U erda murabbiy va futbolchilar o'zgarsa ham uslub o'zgarmasdi. Endi bu safga "Olimpik" qo'shilibdi. Olimpiya terma jamoasi asosini tashkil qiluvchi futbolchilarga bu yarashmaydi. Hakam 8 daqiqa qo'shgan bo'lsa, ikkinchi bo'limdagi toza o'yin vaqti 25 daqiqadan oshmadi. Biz bugun futbolchilarimiz qanday tarzda raqib ustidan to'liq nazorat o'tkazishganini ko'rdik. Bunaqasi ham bo'lib turadi. Umuman olganda, chempionat boshlangandagi holatdan chiqib keta oldik. Hozirgi kunda birinchi o'rindamiz. Eng muhimi jamoada potencial etarli. Bugun buni ko'rdik. Neytral muxlislar nima bo'lganini ko'rdi. "Navbahor" davom etadi.

- Bugungi o'yinni analiz qilsak, ustunlik "Navbahor" tarafida bo'ldi. Lekin jamoaga biroz kreativlik etishmagandek. SHunday holatlarda qanday harakat qilish lozim? Jamoaga nima etishmadi deb o'ylaysiz? Ikkinchi savol, birinchi davradan oldin "Olimpik" safidagi ikki futbolchi mavsumni "Navbahor"da boshlashi kutilgan edi, ammo Olimpiada saralashi sabab ular "Olimpik"da qolishdi. Biz ikkinchi davrada "Olimpik"dan qaysidir o'yinchini jamoangizda ko'rishimiz mumkinmi?

- Ha, hozir biz "Olimpik" o'yinchilari bilan muzokaralarning hal qiluvchi bosqichlaridamiz. Albatta, bu o'yinchilar jamoamizga yordam beradi. Savolning birinchi qismiga kelsak. Ha, "Navbahor" ko'pchilikning nazdida eng zo'r o'yinchilarni yig'ib olgan. Haqiqatdan ham, bizda terma jamoadagi etakchi o'yinchilar bor. Biroq, bugungi o'yinga etibor qaratsak, jamoaning eng zo'r to'purari Toma Tabatadzening o'rniga 17 yoshlik futbolchi maydonga tushmoqda. Bu "Navbahor"ning zaxira o'rindig'i qanday ekanini ko'rsatadi. SHodiboev yomon o'ynamadi, ko'lidan kelganini qildi. Bizga kelajakda o'yinda farqni yuzaga keltira oladigan raqobatbardosh futbolchilar kerak. Bugun katta ustunlikka erishdik, ammo buni hisobda aks ettira olmadik. Bizga zaxiradan tushib, o'yinni o'zgartiradigan o'yinchilar kerak.

- O'zbekistonda mutaxassislar "Navbahor"da faqat bu yil chempionlik uchun imkoniyat borligini, keyingi yildan bu imkoniyat tushib ketishini aytishmoqda. Bunday fikrlarga sabab nima. Ikkinchi savol, nega Samvel Babayan uy uchrashuvida faqat bitta hujumchi bilan maydonda tushdi?

- Barchaning fikrini hurmat qilamiz. Hujumchi masalasiga kelsak, zamonaviy futbolda hujumkor futbol, himoyaviy futbol degan tushuncha yo'q. Hozir futbolning universalligi bor. Bugun faqat Tabatadze hujumchi bo'lgani bilan, hujumda kimlar harakat qilganini ko'rish mumkin. Ko'pchilikda gol urish imkoniyati bo'ldi. "Navbahor" hujumkor futbol o'ynaydi. Legionerlar va murabbiylar haqida gapirayotganlar esa himoyaviy futbol o'ynashadi. 

- Yarim himoyachi yoki boshqa futbolchilar baribir hujumchi bo'la olmaydida. SHuni nazarda tutmoqdaman.

- Men shunchaki boshqa o'yinchilarni reklama qilmoqchi emasman. Lekin sizning savolingizga quyidagicha javob beraman. Hozirda Tabatadze bilan to'purarlar poygasida teng ketayotgan o'yinchining (Lupche Doriev — tahr) poziciyasi bu chap qanot vingeri, ammo u bizning jamoada emas. Hozirgi kunda nominal hujumchi to'purar degani emas. Jiru Rossiyadagi Jahon chempionatida birorta gol urmagan. Lekin Franciya termasi bosh murabbiyi uni juda maqtagan.

- "Navbahor" qarshi hujum payti deyarli gol o'tkazib yubormayapti. Lekin himoyalanayotgan payt gol o'tkazmoqda. Bunga sabab nima?

- Bu to'g'ri. Biz hujum qilayotgan paytimiz, himoyani unutmasligimiz kerak. "Metallurg"ga qarshi standarddan gol o'tkazdik. Buning sababi ijrochilarning mahorati. 

- "Navbahor" Doriev, Kojo kabi o'yinchilarga qiziqayotgani haqida mish-mishlar yuribdi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?

- Bu asosga ega bo'lmagan gaplar. Bizda selekcion maqsadlar bor. Rejamizdagi o'yinchilar hozir O'zbekistonda o'ynashmayapti. 

- Himoyada kuchaytirish bo'ladimi?

- Hamma poziciyada kuchaytirish qilishga harakat qilamiz. Hozirda bu qilishimiz kerak bo'lgan harakat. Hozirda himoyada harakat qilayotgan bazi o'yinchilarimizni asosiy poziciyasi himoyachi emas. 

- Muxlislar Toshkent jamoalaridan ochko tortib ola olmayotganimizdan norozi. Bu haqida fikringiz qanday?

- Farqi yo'q, Toshkentmi yoki boshqa. "Navbahor" bilan hamma jamoa jang qilmoqda. Istalgan jamoa bizga qarshi qo'shimcha motivaciya bilan o'ynamoqda. Bugun ham men "Olimpik" qilgan ishni kutmagandim. Takidlaganimdek, o'yin cho'zish bilan shug'ullanadigan jamoa allaqachon bor. Bu yaxshi ish emas. Bugun umuman kutmagandim.


Reyting: -65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика