So’nggi yangiliklar

19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  0 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  0 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  3 17:56Расман: "Бухоро" ярим ҳимоячиси энди "Локомотив" шарафини ҳимоя қилади  4 17:43"Бу видолашув эмас, балки янги босқичнинг бошланиши". Шерзод Насруллаев "Насаф" билан хайрлашди  3 17:28Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди  15 17:10Манба: Мареска ишдан бўшатилди  3 16:46Австралиялик бўйдор футболчи Тошкент клубига ўтмоқда  3 16:21Расман: "Пахтакор"да деярли ўйнамаган футболчи "Локо"га қайтди  1 15:50"Локомотив" Қирғиз Республикасининг 2025 йилдаги энг яхши футболчиси билан шартнома тузмоқда  4 15:28Ўзбекистон U-21 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубогида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди  9 15:11"Барселона" ҳомий билан ҳамкорликдан воз кечди  3 14:44"Сурхон" Туркияда йиғин ўтказади  0 14:18Конго ДР ҳужумчиси Марокаш ҳукуматидан норози: унинг чемодани 12 кундан бери топилмайди  1

Timur Kapadze: "Navbahor"dek jamoani mag'lub etish yoqimli" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Navbahor"dek jamoani mag'lub etish yoqimli"

Coca Cola Superligasi 25-turidan o'rin olgan "Olimpik" – "Navbahor" uchrashuvidan keyin "Olimpik" bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlarini bildirdi.

- O'yin haqida

- Butun jamoamizni g'alaba bilan tabriklayman! Bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik, yaxshi o'yin bo'ldi. Albatta, "Navbahor"dek jamoani mag'lub etish yoqimli. Haqli g'alabaga erishdik deb o'ylayman. Yigitlarimizga rahmat aytaman, "Navbahor"ga esa omad tilab qolaman.



- Ruslan Jiyanov ketgach, ko'pchilik "Olimpik" hujumi kuchsizlanishini kutgandi. Biroq ko'ryapmizki, yangi kelgan futbolchilar jamoani kuchaytirishdi. Sizningcha, ikkinchi davrada kelgan o'yinchilar jamoaga qanchalik foyda keltirdi?

- Ruslan Jiyanov boshida kelganida yarim yilcha zaxirada o'tirgandi. Keyinchalik kuchayib, yangi darajaga chiqdi. Albatta, Ruslanning o'rni bo'lakcha, chunki hujumdagi kreativligi, texnikasi bilan jamoaga yordam berayotgandi. U ketdi, uning o'rniga kelgan futbolchilar ham albatta iqtidorli, ammo ularga vaqt kerak. Ularga imkon beryapmiz va ular sekin-asta o'sib borishmoqda. Albatta, kimdir o'zini yaxshi ko'rsatmoqda, kimdir esa yo'q. Bizning vazifamiz ularga yo'l-yo'riq ko'rsatish. Bu – futbol. Asosiysi, tinimsiz ishlayapmiz. 

- "Olimpik" jamoasi "Navbahor"ni chempionlikdan mahrum qildi. SHu haqda nima deya olasiz?

- Mahrum qildi desak noto'g'ri bo'ladi. Sababi bu o'zining emas, "Paxtakor"ning qo'lida edi. Albatta, yutganida teoritik imkon bor edi, "Paxtakor"da 2 ta o'yini bor edi, ularga 1 ta g'alaba etarli bo'lardi. O'ylashimcha, bugungi o'yin emas, oldingi yo'qotilgan ochkolar tufayli shunday bo'ldi. SHunga qaramay, "Navbahor" yaxshi shakllangan jamoa. Ular ayniqsa, OCHLda yaxshi o'ynashmoqda. U erda oson o'yinlar bo'lmaydi. Birinchidan, O'zbekistonni tanityapti. Ikkinchidan, balki bor kuchini OCHLga tashlayotgandir. Uchta frontda kurashish oson emas. Kubok bor edi, OCHL va chempionat...



- Bugun "Olimpik"ning bir qator etakchilari asosiy tarkibda maydonga tushishmadi. Bular – Odilov, Jo'raqo'ziev, Abdunabiev va hokazo. Bu nima bilan bog'liq edi?

- Ayrimlarida jarohat bor, ayrimlarida shamollash alomatlari kuzatilmoqda. Xabaringiz bor, Respublika bo'ylab qandaydir virus tarqalmoqda. Bu bizning jamoaga ham tasir qildi. Alisher Odilovda ham kecha isitma kuzatildi. Mamasidiqov va boshqa futbolchilarda jarohat bor edi. Ularning o'rniga tushgan futbolchilar yaxshi harakat qilishdi deb o'ylayman.

- "Navbahor" OCHLda yaxshi o'ynayapti deb aytdingiz. Jamoa keyingi turda 28 noyabr kuni o'z uyida "Al Hilol" bilan to'qnash keladi? Namangan klubining imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- "Navbahor"dan g'alaba kutamiz. Jamoaning har bir o'yinini kuzatib bordik. O'ylaymanki, "Navbahor" o'z maydonida, muxlislar qarshisida yaxshi o'yin ko'rsatadi. Namanganda muhit boshqacha bo'ladi. 

Ehtimol, bugungi bahsda futbolchilar o'zini ayashgandir. O'ylaymanki, ikki jamoa ham guruhdan chiqish masalasini deyarli hal etgan. "Navbahor" o'z uyida deb o'ylayman va omad tilayman.

- Timur Mamasidiqov bugun nega qaydnomaga kiritilmadi?

- Unda jarohat bor edi. Keyingi o'yinga tayyor bo'lsa, maydonga tushadi yoki keyingi mavsumga tayyorgarlik ko'radi.



- Mavsum yakunlanmoqda. Transfer bozori ochilishiga yaqin kunlar qoldi. "Olimpik"ning etakchi futbolchilari turli jamoalarga yo'l olayotgani haqida eshitdik. Vaholanki, ular bilan 2024 yilning oxirigacha shartnomalar bo'lgan. SHunday ekan, futbolchilarga jamoadan ketishga ruxsat berasizmi yoki "Olimpik" transferlar amalga oshiradimi?

- Hali men bilan aloqaga chiqishmadi. Bilmadim, allaqachon oldi-berdi ishlari boshlanib ketdimi?! (jilmaygan holda).

Bir tarafdan 2 yil oldin boshlagan mehnatimiz mevasini berib, futbolchilarimizga takliflar bildirila boshlanganidan xursandmiz. Albatta, yaxshi takliflar bo'lsa yo'q demaymiz, ko'rib chiqamiz. Hammasi shunchaki hal bo'lmaydi, futbolchilarning shartnomasi bor, rahbariyat bor, klub prezidenti bor. Transfer summasi to'g'ri kelsa, ketishadi. Bizga, Olimpiya qo'mitasiga tushgan pul yana sportni rivojlantirishga ajratiladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика