So’nggi yangiliklar

08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  1 08:03Суперлига. Бугун 17-тур якунланади  1 07:30"Ал Насср" Португалия клубини йирик ҳисобда мағлуб этди. Роналдудан хет-трик  0 07:15Суперлига. Водий дербисида "Нефтчи" ғалаба қозонди, "Андижон" эса "Насаф" билан дуранг ўйнади  0 01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  34 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  12 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  7 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  3 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  109 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2

Samvel Babayan matbuot anjumanida nima dedi? Yangiliklar

Samvel Babayan matbuot anjumanida nima dedi?

Teglar :  Samvel Babayan
JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 9-turidan o'rin olgan Xitoy – O'zbekiston (1:0) uchrashuvidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida O'zbekiston termasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Qiyin o'yin o'tkazdik va afsuski, mag'lubiyatga uchradik. Bugun omad bizdan yuz o'girdi, omad raqib tomonda bo'ldi. Bugungi o'yin uchun barcha futbolchilarga rahmat aytaman, ular maydonda bor kuchini berdi. Afsuski, o'yin yakunlanib borayotganda darvozamiz tomon penalti belgilandi. Bundan natijaga loyiq emasdik. O'yin yakunida Marchello Lippiga omad ularga kulib boqqanini aytdim. Qaytarib aytaman, mag'lubiyatga loyiq emasdik.  

Raqibni hurmat qilgan holda shuni aytishim kerakki, Toshkentda bo'lgani kabi bu erda ham g'alaba qozonishimiz kerak edi. Ammo bir qancha imkoniyatlardan foydalana olmadik.

Birinchi navbatda Xitoy bilan o'yinni xotirjamlik bilan o'rganib chiqishimiz kerak. SHundan keyin Janubiy Koreyaga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.  Jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qoldi. Barchasi Toshkentda, Janubiy Koreyaga qarshi o'yinda hal bo'ladi”, – dedi Samvel Babayan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 5 sentyabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.

Reyting: -217   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика