So’nggi yangiliklar

22:17Рўзиқул Бердиев: "Ҳаммага раҳмат, бошқа гапим йўқ"  24 22:00ЖЧ U-17. Ирландия — Ўзбекистон (Матнли трансляция)  84 21:51Ўзбекистон терма жамоасининг ноябрь ойидаги йиғинига жалб этилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  16 21:43Илёс Зейтуллаев: "Чемпионат охирига келдик, жамоамизда толиқиш бор"  0 21:25Суперлига. "Қўқон-1912" – "Пахтакор" 0:0  0 21:20"Сандерленд" — "Арсенал". Таркиблар маълум  2 21:16"Атлетико" — "Леванте". Таркиблар маълум  1 21:01Вадим Абрамов: "Самарқанддаги мағлубият аламини олдик"  4 20:31Баҳром Ҳайдаров: "Ҳозирги кунда бир очко ҳам биз учун қадрли"  3 20:12Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди  176 20:00АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасидаги ўйинда тўртта гол урилди  20 19:48Камолиддин Тожиев: "Умид ҳеч қачон сўнмайди"  18 19:17Суперлига. "Ризеспор" меҳмонда дуранг ўйнади, Алиқулов захирадан ўйинга қўшилди  0 19:09Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Корея Республикасига қарши иккинчи ўртоқлик баҳсида мағлубиятга учради  3 18:50Суперлига. "Динамо" "Бунёдкор" майдонида ғалабага эришди  23

Samvel Babayan: "So'g'diyona"dan uchralgan alamli mag'lubiyatdan keyin bugun g'alaba qozonishimiz shart edi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "So'g'diyona"dan uchralgan alamli mag'lubiyatdan keyin bugun g'alaba qozonishimiz shart edi"

Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Navbahor" (1:2) uchrashuvidan keyin namanganliklar ustozi Samvel Babayan jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- O'yin haqida

- "Navbahor"ning barcha o'yinlari qiziqarli va kurashlarga boy tarzda kechmoqda. O'ylaymanki, bahs so'nggi daqiqalargacha barchani hayajonda ushlab turdi. Bir kishi ko'p bo'lib qolganimizga qaramasdan, ancha vaziyatlarni ko'kka sovurdik. "So'g'diyona"dan uchralgan alamli mag'lubiyatdan keyin bugun g'alaba qozonishimiz shart edi. 

Futbolda bitta raqibni ikki marta yutish qiyin. Buni qarangki, Kubokdan keyin Superligada ham yana "Qizilqum" bilan to'qnash keldik. "Qizilqum" chempionat etakchisi va biz ularni mag'lub etishning uddasidan chiqdik. 

Jamoamiz yigitlariga o'yin uchun rahmat aytaman. Muxlislarni va hokim SHavkat SHokirjonovichni g'alaba bilan qutlayman. U kishi "Navbahor" uchun hammasini qilmoqda. G'alabani u kishiga bag'ishlaymiz.

- Elguja Grigalashvili va Nurillo To'xtasinov asosiy tarkibda maydonga tushmadi. Sababi nimada?

- O'yin uchun tanlangan taktikadan kelib chiqib shunday qilindi. Kichik rotaciyaga qo'l urgandik. SHunday bo'lsa-da, keyinroq ularni maydonga tushirdik.  

- 2-taymda "Navbahor" bir kishi ko'p bo'lib to'p tepgani sezilmadi...

- Bu psixologiyaga bog'liq holat. "So'g'diyona" bilan uchrashuvda bizdan har taraflama omad yuz o'girib, mag'lub bo'lgandik. Boshqa tarafdan aytsak, to'pni nazorat qilib, gol urishimiz lozim edi.

- Kubokdagi va hozirgi "Qizilqum" o'rtasida farq sezdingizmi?

- Farqi yo'q. O'shanda ham jiddiy kurashishgandi, bugun ham. "Qizilqum" yuqori saviyali o'yinchilardan tuzilgan jamoa. Bejiz ular chempionatda etakchilik qilishmayapti.

- "Navbahor" tig'iz taqvimga ega. Jamoa bunga qanchalik tayyor?

- Jamoada futbolchilar etarli, rotaciyaga qo'l uramiz. CHempionatda ketma-ket o'yinlar bo'lishiga sabab oraliq "pauza"lar ko'p. Albatta, maksimal kuchimizni sarflab, ijobiy natija qo'lga kiritishga harakat qilamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика