So’nggi yangiliklar

12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   2 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  4 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  7 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  5 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  9 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  22 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  21

Samvel Babayan: "Irodali g'alaba uchun futbolchilar va muxlislarga rahmat!" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Irodali g'alaba uchun futbolchilar va muxlislarga rahmat!"

Teglar :  Samvel Babayan
O'zbekiston - KXDR uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Samvel Babayan ishtirok etdi.

"Ilk daqiqalardanoq gol o'tkazib yuborib qiyin ahvolga tushib qolgandik. Ammo yigitlarga rahmat aytaman. Ular irodali g'alabani qo'lga kiritishdi. KXDRning falsafasini o'rganib chiqdik. O'yindan oldin shogirdlarimga kelinglar biz o'z falsafamizni ko'rsataylik deb reja qilgandik. Ular barchasi uddalashdi", - deydi Babayan.

- Syurprizlardan biri tezkor paslar bo'ldi...

- Tezkor gol o'tkazgach og'ir bo'ldi. Ammo paslar va tezkor qarshi hujumlar natijasida gollar urdik. Ularning eng asosiy o'yinchisi bu 9-raqamli futbolchi edi. U maydonni tark etgach KXDR deyarli imkoniyatga ega bo'lmadi.

- O'yindan oldin siz "yashirin qurolimiz" bor deb aytgandingiz. Bu nima edi?

- Asosiy qurolimiz o'zimizning yangi uslubimiz hisoblanadi. Biz mana shu yangi uslub ustida ishlashda davom etayapmiz. Bugun hujumda yaxshi o'ynay olmadik? Biz 3ta gol urdik, agar barcha vaziyatlardan foydalana olganimizda hisob sharmandali bo'lardi.

- Islom To'xtaxo'jaev o'z klubida markaziy himoyada o'ynaydi, nima uchun uni o'ng qanotda o'ynatayapsiz? Bugun bir necha marta qanotda raqibni o'tkazib yubordi.

- To'xtaxo'jaev bir marta raqibni o'tkazib yubordi. Qolgan hech bir vaziyatda xatoga yo'l qo'ygani yo'q. U terma jamoaning hozirgi uslubiga mos tushmoqda. SHu bois uni maydonga tushirayapman.

- Muxlislar tashrifi haqida nima deya olasiz?

- Avvalo stadionga kelib bizni qo'llab turgan barcha muxlislarga rahmat aytaman. Bugun yomg'ir yog'ishi kutilgandi. SHunga qaramay kelib stadionni to'ldirib o'tirishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu yigitlarga qo'shimcha kuch bag'ishladi. G'alabada ularning xissasi juda katta bo'ldi.

- Markaziy himoyachilarga qanday baho berasiz?

- Ular ayni paytda O'zbekistonning eng kuchli markaziy himoyachilari hisoblanishadi. Anzur bir necha yillardan buyon termaning asosiy futbolchisi hisoblanadi. Krimec esa asta sekin terma jamoaning haqiqiy qo'rg'oniga aylanib bormoqda.

- Oldingi uchta o'yinda O'zbekiston birinchi bo'lib gol urgandi. Bugun esa birinchi bo'lib gol o'tkazdi. Qaysi jamoa sizga yoqdi? Hisobda ortda qolayotganmi yoki birinchi gol urganmi?

- Har bir g'alaba juda qiyinchilik bilan qo'lga kiritildi. Hisobda ortda qolganda yigitlar ikki karra kuch bilan o'ynashi kerak bo'ldi.

- So'nggi so'z o'rnida jurnalistlarga murojaat qilmoqchiman. Jamoamiz ketma-ket 4ta o'yinda g'alaba qozondi. Lekin shunday bo'lsa ham orangizda jamoani, futbolchilarni tanqid qilganlar bo'lmoqda. Ular juda kamchilikni tashkil qiladi. To'g'ri tanqid bo'lsa buni qabul qilaman, lekin jamoani asossiz tanqid qilinsa bu to'g'ri bo'lmaydi. Barchani g'alaba bilan tabriklab qolaman, - deydi Samvel Babayan. 


Narzulla Saydullaev


Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика