So’nggi yangiliklar

10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  1 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  10 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  8 08:47Расман: "Барселона" юлдузларидан бири жароҳат туфайли узоқ муддатга сафдан чиқди  3 08:20Саудия қироли кубоги. "Олтин тўп" соҳиблари майдонга тушмаган баҳсда "Ал Насср" ва "Ал Иттиҳод" кейинг босқичга чиқди  1 07:48Ҳусанов жароҳат сабабли "Манчестер Сити"нинг нечта учрашувида майдонга тушмаслиги маълум  10 02:24Италия кубоги. "Милан" "Лечче"га қарши учрашувда навбатдаги ишончли ғалабасини қайд этди  2 02:20Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Леванте"ни йирик ҳисобда таслим этди  18 02:10Англия лига кубоги. "Ливерпуль" ва "Челси" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  4 00:30Кейн Англияга қайтмишни режалаштирмаяпти  2 23:54"Барселона"га "Камп Ноу"да ўйнашга рухсат беришмади. Стадионда хавфсизлик билан боғлиқ муаммолар мавжуд бўлиши мумкин  5 22:52Ўзбекистон U-16 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Венгрияга ютқазди  3 22:27Биринчи лига. "Локомотив"лардан 5тадан гол, Бухоро дербисида талабалар ғолиб ва бошқа натижалар  0

Samvel Babayan: "Ikkinchi taym uchun Aleksandr Lobanovga raxmat aytaman" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Ikkinchi taym uchun Aleksandr Lobanovga raxmat aytaman"

"Paxtakor" - "SHo'rtan" (2:0) uchrashuvi poyoniga etgach, o'tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" bosh menejeri Samvel Babayan savollarga javob berdi.

Klub matbuot xizmati, Babayanni matbuot anjumaniga klub bosh murabbiyi sifatida kirganligi uchun savollar o'yinga oid bo'lishini iltimos qildi. Uni MTJ bosh murabbiyi sifatidagi fikrlarini O'FF tomonidan o'tkazilinadigan matbuot anjumanida eshitish mumkinligi takidlandi.

- O'yinning birinchi bo'limida yaxshi o'ynadik, ikkinchi taym uchun Aleksanr Lobanovga raxmat aytaman. Bugun u jamoamizni bir qator gollardan qutqarib qoldi - deya gap boshladi Samvel Vyacheslavovich.

- Navro'z Alimovning o'yiniga nima deysiz?

- Alimovni jarohatdan endi chiqqanligini hisobga olsak, qaytishi yomon emas. Eng avvalo u "Paxtakor"da har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun maydonga chiqish kerakligini tushunib etishi kerak.

- Murod Xolmuxamedovchi, uni anchadan beri bugun ko'rdik...

- Agar u bizga kerak bo'lmaganida allaqachon undan voz kechardik. Lekin u bizga kerakli o'yinchi. Xolmuxamedov oliy ligani istagan klubida o'ynay oladi. Xozircha u zaxiramizda, lekin hammasi oldinda

- Keyingi uchrashuv "Nasaf"ga qarshi bo'ladi. MTJ bosh murabbiyi bo'lganingiz bu o'yinga tasir o'tkazmaydimi?

- "Nasaf" bilan bahsga odatga ko'ra tayyorlanamiz va jamoani birinchi davrada o'z o'rnida qolishini istaymiz. Buni futbolchilar ham tushunishmoqda. Birinchi davradan keyin jamoa bilan birga bo'lmayman, ammo bu erda ishlaydiganlarga doimo maslaxat berib turishga tayyorman.

Baribir Samvel Babayan MTJga oid o'z fikrini bildirib o'tdi.

- Men istardimki oliy ligadagi 16ta jamoa bosh- murabbiylari MTJ manfaati yo'lida birlashishimiz kerak. Hamma hamma, OAV, muxlislar, murabbiy va futbolchilar. MTJ bu faqat bosh murabbiy va O'FFniki emas, respublikamizniki. Menimcha biz buni uddalaymiz - deydi Babayan.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика