So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  7 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  2 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Samvel Babayan: "Himoya chizig'iga sifatli transfer qila olmadik. Bizga Golban va Milovich kabilar etishmayapti" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Himoya chizig'iga sifatli transfer qila olmadik. Bizga Golban va Milovich kabilar etishmayapti"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Surxon" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Takidlash joiz, bu yilgi chempionat oson o'tmayapti. Istalgan raqibdan kuchli qarshilik kelib chiqmoqda. Masalan o'tgan "Bunyodkor" bilan o'yin biz uchun og'ir kechgandi. Bugun "Surxon"ga qarshi o'yinda ham katta qiyinchilikka duch keldik. O'z navbatida aytish mumkin, chempionat saviyasi ham ortdi, shuningdek sifatli futbolchilar ham ko'payib borayapti. O'z xatolarimiz evaziga 2 ta gol o'tkazib yubordik. Masalan, to'p yon chiziqdan o'yinga kiritilgan vaziyatda yaqqol xatoga yo'l qo'ydik, raqib gol urib ketdi. So'ngi daqiqalargacha kurashdik. Agar o'sha oxirgi vaziyatda Jokovich gol kiritganida bu haqiqiy kambek, balki bayram ham bo'lardi.

Muxlislar bizni oxirigacha qo'llab-quvvatlashdi, raxmat aytaman. Ularga bugungi o'yinda g'alaba taqdim etmoqchi edik. Biroq bazi omillar sabab bunga erisha olmadik.



- CHempionlikni maqsad qilgan jamoa 4 ta turdan so'ng 6 ochko jamg'arishi yaxshi holat emas. Buni qanday izoxlaysiz?

- Juda kutgandim shu savolni. Bilasizmi, futbolda jamoa muvaffaqiyatiga sabab nima? To'g'ri mudofaa, kuchli himoya. Bizga himoya chizig'ida Milosh Milovich, Igor Golban kabi futbolchilar etishmayapti. Ular jamoamizni tark etishdi, o'rinlariga munosib transfer qila olmadik. Gol urayapmiz, lekin ko'p gol ham o'tkazib yuborayapmiz. Bizda mudofaa bo'yicha kamchiliklar ko'zga tashlanayapti.

- Zaxiralarni ko'p amalga oshirmaysiz, bazan almashtirishlar juda kech amalga oshadi. Buning sababi nima?

- Bizda teng kuchli ikkita tarkib bor emas. Asosiy tarkibga munosib deb hisoblayotganlarimiz 12 nafarni tashkil etadi, qolgani yosh futbolchilar. Nikabadzeni o'yinning borishidan kelib chiqib maydonga tushirmadim. CHunki, uchrashuvdagi temp o'ta yuqori edi, birdaniga uni maydonga tashlab qo'shilib ketgunicha tavakkal qilishga fursat yo'q edi. Farrux Sayfiev terma jamoada o'ynab qaytdi, charchoq bo'ladi. Azim Ahmedov jamoa sardori, bugun u gol urdi, o'zining etakchilik qobiliyatini namoyish etdi.






Reyting: -49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика