So’nggi yangiliklar

10:48"Арсенал" асосий футболчиси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 10:22Клопп Осиё жамоасини бошқариши мумкин  1 09:55Хави МЮни бошқаришга рози  5 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  7 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  15 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  8 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  5 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  39

Samvel Babayan: "Har bir o'yinga xuddi finalda o'ynayotgandek falsafa bilan tushamiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Har bir o'yinga xuddi finalda o'ynayotgandek falsafa bilan tushamiz"

Qatar poytaxti Doxa shahrida start olgan U-23 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati C guruhi vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Janubiy Koreyaga qarshi ilk o'yindan oldin turnirdagi barcha jamoalar, jumladan O'zbekiston U-23 terma jamoasi ham oliy maqsad – Olimpiada yo'llanmasi uchun kurasha olib borish uchun Qatarga kelganini takidladi.

“Qatardagi turnir hozirgi kunda shu yoshdagi eng kuchli terma jamoalarni to'pladi. Ular Osiyo futboli kelajagi deb ayta olaman. Bu erga barchamiz nima uchun kelganimizni bilamiz. Biz ham, o'z navbatida o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatish va Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun tashrif buyurdik”, - deydi Babayan.

“To'g'ri, biz Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanmani qiyinchilik bilan qo'lga kiritdik. Ammo, aytishim kerak, tarkib deyarli 50 foizga yanlilandi. Bu bizga kelajakka optimistik ko'z bilan qarashga sabab bo'ladi. Tarkibimizdagi aksariyat futbolchilar yosh bo'lishiga qaramay ancha istedodli futbolchilar deb ayta olaman. Ularning ko'pchiligi 20 yoshgacha bo'lgan Jahon chempionatida ishtirok etishdi. Tarkibimizni yoshartirganimzga qaramay, biz to'g'ri yo'ldan ketayapmiz deb hisoblayman. Yana qaytaraman, biz yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va o'z o'yinimizni namoyish eta olsak, maqsadimizga erisha olamiz.

Avvalo O'zbekistonda istedodli va tajribali murabbiylar ko'pligini aytishim kerak. O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti meni olimpiya terma jamoasiga ham bosh murabbiy etib tayinlagani sababi, avvalo milliy terma jamoa uchun qay darajada zaxiraga ega ekanligimizni aniqlab olish uchun bo'lsa kerak. Sababi, bu futbolchilar, nafaqat milliy terma jamoa, balki o'zbek futbolining ham kelajagidirlar. Qolaversa, milliy terma jamoaning o'yin falsafasi, g'oyasini olimpiya terma jamoasiga ham singdirish lozim deb o'ylayman”, - dedi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Samvel Babayan shuningdek, har bir raqibning o'yinini terma jamoa murabbiylar shtabi etarlicha o'rganganini alohida takidladi.

“Barcha raqiblarimizning o'yin uslublarini etarlicha o'rgandik. Xatto, aytishim mumkin ularning o'yin falsafasini ham yaxshilab o'rgandik. Taktik sxemalari borasida ham etarli malumotlarga ega bo'ldik. Biz eng kuchli guruhdan o'rin oldik. Aniq ayta olamanki, ushbu guruhdan o'rin olgan to'rt terma jamoadan biri uchta yo'llanmadan birini qo'lga kiritadi. Qolaversa, bunday qisqa muddatli turnirlarga alohida tayyorgarlik ko'rish kerak. Har bir o'yin muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun, har bir raqibimizga qarshi, har bir o'yinga xuddi finalda o'ynayotgandek falsafa bilan tushamiz”, - dedi Samvel Babayan.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика