So’nggi yangiliklar

10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  0 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  2 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  7 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  16 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1

Samvel Babayan: "Ertaga eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Ertaga eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz"

O'zbekiston - KXDR uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Samvel Babayan va Islom To'xtaxo'jaev ishtirok etishdi.

"Ertaga juda muhim o'yin kutib turibdi. Raqib guruhda birinchi o'rinda bormoqda. Juda kuchli va hurmatga loyiq jamoa. Biz KXDRning kuchli tomonlarini o'rganib chiqdik. Ertaga o'zimizning eng yaxshi o'yinimzni ko'rsatib g'alabaga erishishga harakat qilamiz. KXDRga qarshi muhim o'yin kutib turibdi, shu bois barcha muxlislarni stadionga chorlab qolamiz", - deb gap boshladi Samvel Babayan.

"Ertaga O'zbekiston xalqini xursand qilishga harakat qilamiz. Mashg'ulotlarda astoyidil ishladik. Nasib qilsa g'alaba qozona olamiz", - deydi Islom To'xtaxo'jaev.

- 18 nafar futbolchini aniqlab oldingizmi?

- Oldinda hali bir kun bor shu bois aniq ayta olmayman. Biroq taxminan kimlar qaydnomaga kirishini aniqlab oldik.

- Ertaga Toshkentda yomg'ir yog'ishi kutilmoqda. Bu sizning rejalaringizga o'zgartirish kiritadimi?

- Yo'q. Filippindagi o'yinda ko'rgan bo'lsangiz juda kuchli yomg'irda o'ynagandik. SHu bois bu borada muammo bo'lmaydi.

- Odil Ahmedov va Vitaliy Denisov Evropa ligasi, Rossiya chempionatida muhim hamda og'ir o'yinlarda ishtirok etishdi. Ular ertangi o'yinga qanchalik tayyor?

- Bu ikkala futbolchi professional hisoblanadi. Tiklanish uchun orada vaqt bo'ldi. Ertaga maydonga tushib o'zlarini ko'rsatishlariga ishonaman.

- Islom, KXDRda o'tgan o'yinda O'zbekiston mag'lub bo'lgandi. Bu ertangi bahsdan oldin sizlarga bosim o'tkazmaydimi?

- Yo'q, aksincha o'sha mag'lubiyat tasodif ekanini isbotlamoqchimiz.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика