So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  12 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  4 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  40 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  104 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Samvel Babayan: "Bunyodkor"ni mag'lub etish yoqimli" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Bunyodkor"ni mag'lub etish yoqimli"

“Paxtakor” – “Bunyodkor” (3:1) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh menejeri Samvel Babayan ishtirok etdi.
"Bunyodkor"ni mag'lub etish yoqimli. Bu jamoa so'nggi yillarda bizga juda ham keskin qarshiliklar qilib keldi. Bugun esa biz ularni mag'lub etganimiz yaxshi bo'ldi. SHu bilan birga chempionlik poygasida ishtirok etishimiz uchun kerakli ochkoni qo'lga kiritdik. CHetlatishdan keyin to'pni o'z nazoratimiz ostiga olishga qaror qildik. SHunday bo'ldi ham, o'yinni boshqargan holda taymning so'nggi daqiqasida gol urdik va ikkinchi bo'limga boshqacha kayfiyat bilan tushdik", - deydi Samvel Babayan.

- "Paxtakor"ga bitta murabbiy kerak deb o'ylamaysizmi, bu natija uchun emas, futbolchilarning mahoratini oshirish uchun?
- Sizni bir marotaba mashg'ulotlarimizga kelishingizni so'ragan bo'lar edim. Masalan Sergeev bilan olib borilgan ishlarni ko'rardiz. U mavsum davomida deyarli gol urmadi bugun esa o'z mahoratini ko'rsata oldi. Hozir Sergeev bilan bazada alohida, yakka tartibda shug'ullanyapmiz. SHunday ekan, futbolchilarning mahorati borasida ish olib boryapti. Bugun maydonga tushgan futbolchilar ichidagi 7 nafar futbolchimiz o'z tarbiyalanuvchilarimiz, ular o'sishda davom etyaptilar. SHuning uchun bizga biroz qiyin bo'lyapti.

- Solievni maydonga tushirish hujumni kuchaytirishmidi yoki Ismatullaevni ikkinchi ogohlantirishdan asrash?

- Yo'q, Akbar jarohat oldi. SHuning uchun Solievni maydonga tushirdik.

- Akademiya haqida gapirdingiz, bizda necha yoshni, yosh deb hisoblash mumkin?
- Qachonki terma jamoada ular muqim o'rin egallamagunlaricha. Biz bu jamoa bilan muxlislardan vaqt so'rashimiz mumkin. Lekin shu holatimizda ham futbolchilarni chempionlik uchun kurashishlari lozimligini uqtiramiz. Terma jamoaga futbolchi tayyorlash bizning vazifamiz. CHunki bu erda xatoga yo'l qo'ygan futbolchi terma jamoada ham xato qilishi mumkin. Terma jamoaga esa tayyor holatda borish kerak. Biz bu borada ishlaymiz.

- Geynrix "Paxtakor"ga o'tishi mumkin edimi?

- "Paxtakor" Geynrixning jamoasi! U doimo uyiga qaytishi mumkin, ammo futbolchini yoshi o'tar ekan, moddiy tomondan o'zini yaxshilab olishi kerak. SHuning uchun men Geynrixni qo'llab-quvvatlayman va u bizga sodiq bo'lgan kamdan-kam o'yinchilardan biri ekanligini takidlab o'tishim mumkin.

- Hujum tashkil etilyapti-yu, ammo yakun yo'q, nima halaqit qilyapti?

- "Bunyodkor"ni kuchli jamoa ekangligini unutmaslik kerak. Undan tashqari Jamshidni o'zida ikkita imkoniyat bo'ldi. Bundan boshqa vaziyatlar ham bo'ldi gol urish uchun, ammo... Lekin shunda ham uchta gol ura olganimizni inobatga olish kerak.
 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика