Samvel Babayan: "Biz syurpriz qiladigan jamoa emasmiz"
12 mar 2023 00:06
Yangiliklar
Samvel Babayan: "Biz syurpriz qiladigan jamoa emasmiz"
Coca-Cola Superliga 2-turi doirasidan “Metallurg” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:0) “Navbahor” bosh murabbiyi Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“O'yin nisbatan osonroq kechganiga qaramay, so'nggi daqiqalargacha muxlislarga yoqadigan kombinacion, aniq va chiroyli futbol namoyish etishgani uchun futbolchilarga ham rahmat aytmoqchiman.
Bizning oldimizga qo'yilgan joriy mavsumdagi talab o'tgan mavsumdagidan hech qanday farq qilmaydi. Yagona farq shuki, “Navbahor”ning hozirgi tarkibidagi ijrochilar mashg'ulotlarda ham, o'yin paytida ham biz bergan ko'rsatmalarni aniq bajara oladi. Taktik sxemalarga keladigan bo'lsak, jamoa himoyada ham, hujumda ham birdek yaxshi o'ynashi kerak.
Biz syurpriz qiladigan jamoa emasmiz. Biz muxlislarimizni xursand qiladigan va natija ko'rsatadigan jamoamiz”, – dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar