So’nggi yangiliklar

16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  3 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  26 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  21 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  6 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  9 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16

Samvel Babayan: "Biz har o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Biz har o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz"

"Paxtakor" - "So'g'diyona" uchrashuvidan keyin klub menejeri jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
Samvel Babayan: “Bu biz uchun muhim o'yin edi, chunki mazkur vaziyatda turnir jadvalidagi o'rnimiz uchun aloqasi bo'lmagan o'yinda g'alaba qozondik. Yigitlar o'zlarini juda yaxshi tomondan ko'rsata oldilar. Birinchi bo'limda yosh futbolchilarga imkoniyat berdik. Masharipovni misol qilib ko'rsatsam bo'ladi.

Albatta birinchi bo'limdagi vaziyat va o'yin meni qoniqtirmadi, lekin ikkinchi bo'limda biz nimaga “Paxtakor” O'zbekiston chempioni degan sharafli nomga loiq ekanligini ko'rsata oldik. Maydon markazida va hujumda ancha yaxshi to'p surdik. Bizga kerak bo'lgan natijani qo'lga kiritganimizdan mamnunmiz. Ikki-uch vaziyatda o'yindan tashqari holat qayd etilgan vaziyatni yaxshi tomoni shuki, bizni hujum chizig'imizdagi yigitlar harakat qilmoqdalar. Bizni tarkibda o'ynayotgan har bir futbolchini “Paxtakor”ning g'olibona ananalariga asoslangan ruhiyati mavjud.

“Bunyodkor”ga qarshi bo'lib o'tadigan navbatdagi uchrashuvda ham faqatgina g'alaba uchun maydonga tushamiz. Mavsum so'ngida bunday kuchli raqib bilan uynashni yaxshi tomonlari bor. Maqsadimiz g'alaba qozonib mavsumni yaxshi kayfiyatda yakunlash. “Paxtakor” futbol klubi Kamollidin Kenjaevni qo'llab-quvvatlash akciyasida ishtirok etadi. Men mazkur futbolchini ko'p vaqtdan beri bilaman. Juda istedodli futbolchi edi. Afsus o'sha avtafalokat uni futboldan chetlatdi. Futbolchilar, murabbiylar va klublar bunday vaziyatda birlashib harakat qilishlari lozim. Butun jamoamiz Kamoliddin bilan birga”.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика