So’nggi yangiliklar

10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  0 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  0 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  2 08:48Sofascore. Захирадан майдонга тушган Ўринбоев энг катта баҳолардан бирини олди  3 08:30Суперлига. "Бунёдкор" — "Хоразм" 1:0   0 08:21Саудия Арабистонида Криштиану Роналдуга "Олтин бутса" топширилди  7 07:50Sofascore. Кечаги учрашувни ажойиб ўтказган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:20Элит ОЧЛ. "Насаф" мусобақадаги юришини амалдаги чемпионга қарши баҳс билан бошлайди  16 01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  20 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  26 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  4 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1

Samvel Babayan: "Birinchi o'rindan yil oxirigacha tushmaslikka harakat qilamiz" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Birinchi o'rindan yil oxirigacha tushmaslikka harakat qilamiz"

"Paxtakor" - "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Uning ikkinchi qismida "sherlar" bosh menejeri Samvel Babayan ishtirok etdi.

"Mavsumdagi uchinchi o'yinni o'tkazdik. Hozirgi davr uchun u qadar yomon o'yin o'tkazganimiz yo'q. "Qizilqum" "chaqilmas yong'oq" rolini o'ynadi. Futbolchilarimiz ko'plab vaziyatlardan foydalana olmay biroz hayajonlanishga majbur qilishdi. Yigitlar birinchi o'rindan yil oxirigacha tushmaslikka harakat qilishlarini aytishdi.

Uchta uchrashuv o'tkazdik. Biz o'yindan o'yinga yaxshi formaga kirib borayotganimizni his qilayapman.  

Bizda hujumchi yoki himoyachi yo'q, bizda 10ta futbolchi ham himoyada, ham hujumda o'ynaydi.

Krimecni o'tgan yil ijaraga bergandik. U katta xalqaro tajriba olib qaytdi. Hozir moliyaviy holatimiz yaxshi, shu bois futbolchilarimizni ijraga berishni istamadik. Ular o'zimizda o'ynaganlari yaxshi.

Hakamlikni muhokama qilmayman. Masalan birinchi turda Tolibjonov haqida xabarlar chiqdi. Hamkasblarimdan iltimos qilardimki barcha o'z jamoasi haqida o'ylasin. Misol uchun, bugun ham birinchi daqiqada "Qizilqum" futbolchisi qo'li bilan o'ynadi. Men ham penalti so'rashim mumkin edi. Ammo hakam ham odam, u ham xato qilishi mumkin, shu bois hamma o'z ishini qilgani yaxshi. SHu jumladan men ham.

Oldingi turlarda vodiyga borganimizda stadionlarga minglab muxlislar kelganlarini ko'rib rosti havas qildim. SHu bois bugun ham "Paxtakor" stadionida sovrinli akciya tashkil qildik. Toshkentda ham muxlislar ko'payishini istaymiz", - deydi Samvel Babayan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика