So’nggi yangiliklar

08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  2 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  1 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  4 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  11 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  4 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0

Samvel Babayan: "Birinchi bo'lim 2:0 yoki 3:0 hisobida yakunlanishi kerak edi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Birinchi bo'lim 2:0 yoki 3:0 hisobida yakunlanishi kerak edi"

Coca-Cola Superligasining 23-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Olimpik" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yin yaxshi bo'ldi. Ustunlik bilan harakat qildik, vaziyatlar yaratdik. Vaziyatlardan foydalana olmaslik bizga g'alaba qozonishga halal bermoqda. Bugun ham shunday bo'ldi. Yigitlar harakat qilishmoqda, vaziyatlar yaratishmoqda. Futboldagi eng qiyin ishlardan biri vaziyatlar yaratish va gol kiritish. Birinchi qismni yaxshi bajaryapmiz, ammo gollar ura olmayapmiz. Vaziyatlarni golga aylantirish borasida katta muammolarimiz bor. Birinchi bo'lim 2:0 yoki 3:0 hisobida yakunlanishi kerak edi, ammo to'p hech qanaqasiga darvozaga kirishni istamayapti. Ikkinchi bo'limda ham vaziyatlar yaratdik, ammo gol ura olmadik. O'ylashimcha, biz allaqachon turnir jadvalida raboqatchilarimizdan katta farq bilan o'zib ketishimiz kerak edi. Afsuski, bunday bo'lmadi. Qaytaraman, jamoam jarohatlar va charchoqqa qaramasdan sifatli futbol ko'rsatmoqda. Jamoa liderlari mavsumni barqaror o'tkazishmoqda. Nima deyish mumkin, chempionatda uchta o'yin qoldi va kubok finali. Muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Nimadir sovrinni qo'lga kiritish uchun g'alaba kerak. Mana shu to'rtta o'yinga bor etiborimizni qaratamiz. 

Reyting: -59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика