So’nggi yangiliklar

10:41Италиянинг Молдова ва Норвегияга қарши баҳслар учун қайдномаси маълум қилинди  0 10:12Суперлига. Бугун бизни учта учрашув кутиб турибди  1 09:49"Пахтакор" афсонаси, собиқ футболчиси Тўлаган Исоқов вафот этди  8 09:43А Сериянинг октябрь ойидаги энг яхши футболчиси ва мураббийи маълум қилинди  0 09:14ОКМК "Навбаҳор"ни мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:45Португалия терма жамоаси ЖЧ саралаш учрашувлари учун қайдномасини эълон қилди  3 08:29Суперлига. ОКМК – "Навбаҳор" 3:1   0 08:16Sofascore. Туркияда тўпурарга айланиб олган Шомуродов кечаги баҳсда қандай баҳога лойиқ кўрилди?  7 07:47U-17 ЖЧ. Осиё жамоаларидан ҳар хил натижалар. Кечаги кун натижалари билан танишинг  0 07:15U-17 ЖЧ. Ўсмирларимиз бугун Ирландияга қарши баҳс олиб боради  6 00:50Арне Слот: "Барқарор ўйин кўрсатаётганимизда ҳам мағлуб бўлдик"  0 00:31Саудия Арабистони. Дубль, иккита қизил, иккита автогол: "Ал Ҳилол"дан иродали ғалаба  3 00:15Лапорта "Камп Ноу" ҳақида: "Бу биздан кейинги авлод учун мерос"  0 23:59Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди, Шомуродовдан мавсумдаги 8-гол  45 23:35Пеп Гвардиола: "Клопп давридаги "Ливерпуль" билан рақобат орқали "Манчестер Сити" ҳам ўсишга эришганди"  1

Samvel Babayan: "Adolat qaror topdi va kuchli jamoa g'olib chiqdi" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Adolat qaror topdi va kuchli jamoa g'olib chiqdi"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Dinamo" – "Navbahor" (0:1) bahsidan keyin namanganliklar ustozi Samvel Babayan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida 

- Bugungi bahs chempionat juda qiziqarli va murosasiz kechayotganidan dalolat beradi. Biz ustunlikka ega bo'ldik, ammo o'yin taqdiri durangga qarab ketayotgandi. SHunga qaramasdan, mahorat va sifat o'z so'zini aytdi. Juda xursandmiz. Muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklaymiz. Yigitlarimizga alohida rahmat. O'ylaymanki, o'yindan o'yinga kuchayib boramiz. 

- "Navbahor" bungacha Olmaliqda "Qizilqum"ni va Namanganda "Bunyodkor"ni yutgandi, bugun esa 11-o'rindagi Dinamo bilan bahs olib bordi. Qanchalik qiyin bo'ldi? 

- Avvalo, Samarqandda ekanligimdan juda baxtiyorligimni aytib o'tishim joiz. Bu er – futbol shahri. Superliga Samarqandga qaytganidan xursandman. Bu erda o'ynash hech qachon oson bo'lmagan. G'alaba qozonish uchun har doim xarakter ko'rsata olish kerak. Bugungi kunda qaysidir jamoani yaqqol favorit deb ko'rsatish xato, hamma astoydil kurashmoqda. Alohida aytish kerak, "Dinamo" himoyada tartibli o'ynadi. Ozgina vaqt cho'zishlar ham bo'ldi, lekin bu ham futbolning bir qismi. 

- G'olib muhokama qilinmaydi. Ammo "Navbahor" yaqqol vaziyatlardan foydalana olmadi...

- Ko'p vaziyatlar hosil qildik. O'yin taqdirini oldinroq hal qilishimiz mumkin edi. Lekin bu – futbol. Adolat qaror topdi va kuchli jamoa g'olib chiqdi. 

- Rustam Ashurmatov yana bir mehmon o'yinda "Navbahor"ga 3 ochko keltirmoqda. Uning o'yini haqida qanday fikrdasiz?

- U mavsumoldi yig'inimizning so'nggi qismida safimizga qo'shildi, bundan bag'oyatda shodmiz. Rustam – O'zbekiston terma jamoasining salohiyatli azosi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика