Sampaoli: "Sevilya"da revansh imkoniyati bor"
15 avg 2016 10:32
Yangiliklar
Sampaoli: "Sevilya"da revansh imkoniyati bor"
"Sevilya" bosh murabbiyi Xorxe Sampaolining fikricha, Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritish imkoniyati saqlanib turibdi.
Uning shogirdlari sovrin uchun ilk bahsda "Barselona"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lishdi.
"Hujumchi etishmayotgani haqida gapirishga hojat yo'q. Bu biz gol ura olmagan birinchi o'yin. Ammo jamoa imkoniyatlardan foydalanish ustida ishlashi kerak. Ikkinchi bo'limda raqibga noqulaylik tug'dira oldik. O'yinimizning bazi jihatlarini to'g'irlay olmadik, natijada "Barselona" qarshi hujumlarga ega bo'ldi. Ammo "Sevilya"da revansh olish imkoniyati saqlanib turibdi va biz "Kamp Nou"da bunga erishamiz" - deydi Sampaoli.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar