Xorxe Valdano: "Alonso bilan bog'liq vaziyat birinchi kundan beri barqaror tuyulmayotgan edi"
13 jan 01:11
Yangiliklar
Xorxe Valdano: "Alonso bilan bog'liq vaziyat birinchi kundan beri barqaror tuyulmayotgan edi"
"Real"ning sobiq hujumchisi va murabbiyi Xorxe Valdano Xabi Alonsoning madridliklar lagerini tark etganiga munosabat bildirdi. Bugun Madrid klubi bosh murabbiy bilan shartnoma ikki tomonlama kelishuvga ko'ra bekor qilinganini elon qildi. Jamoa boshqaruvini Alvaro Arbeloa o'z qo'liga oldi.
"Xabi Alonso bilan bog'liq vaziyat menga birinchi kundanoq barqaror tuyulmagandi. Men uning klub tomonidan qo'llab-quvvatlanayotganini his qilmadim. Ayniqsa, Rojdestvo bayramida Florentino Peres o'z nutqida Xabining nomini tilga olmaganida vaziyat ancha nozik ekanligi ko'rinib qolgandi.
Jamoada jarohatlanganlar juda ko'p edi, tarkibda asosiy figura etishmayotgandi. Bazan birgina futbolchi butun tizimni muvozanatga solib yuborishi mumkin, ammo hozirgi "Real"da bunday o'yinchi yo'q.
Xabi turlicha yondashuvlarni sinab ko'rdi, uni harakat qilmadi deb aytolmaymiz. U eng yuqori darajadagi mukammal natijalar bilan kelgan bo'lsa-da, Madridda ko'plab jarohatlar bilan bog'liq qiyinchiliklarga duch keldi. Aynan shu omil uning "Real"dagi davriga o'z tasirini o'tkazdi", — dedi Valdano Movistar efirida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar
йоки зидан кемийди реалга