Messi va Neymar yana bir jamoada o'ynashi mumkin
07 dek 2024 00:55
Yangiliklar
Messi va Neymar yana bir jamoada o'ynashi mumkin
"Inter Mayami" eagalaridan biri Xorxe Mas klub Neymar bilan shartnoma imzolashga tayyorligini malum qildi.
"U hali transferlar uchun ochiq bo'ladi. Lekin hozirda u "Al Hilol" futbolchisi va bizga tegishli emas. Jamoaga yuqori darajali futbolchilarni olib kelishga qattiq harakat qilishimizni aytib o'tganman. Hozirda tarkibda ko'plab cheklovlar bor, shuningdek, byudjet ham katta emas.
Agarda Neymarni tarkibimizga qo'shib olish imkoniyati paydo bo'lsa, tezlikni oshiramiz. Lekin barchasi ham menga bog'liq emas, futbolchiga va ligaga ham bog'liqlik joylari bor. Ammo biz tarkibni kuchaytirishni istaymiz", - dedi Mas.
Neymar ayni damda "Al Hilol"da yiliga 100 mln evro maosh ishlab topmoqda. Futbolchi ushbu mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida ko'rinish bermadi. Faqatgina Elit OCHLning 2ta bahsida maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar