Samarqandda va Sirdaryoda "O'FA Kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi
09 iyu 2018 16:33
Yangiliklar
Samarqandda va Sirdaryoda "O'FA Kubogi" musobaqasi bo'lib o'tdi
O'FA tomonidan mamlakatimizda futbolga yanada rivojlantirish, yangi bosqichga olib chiqish, yosh avlod orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida keng ko'lamli islohatlar amalga oshirilmoqda.
Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida mahallalardagi 10-12 yoshli o'smirlar o'rtasida mini-futbol bo'yicha “O'FA KUBOGI” musobaqasi bo'lib o'tdi.
Musobaqa g'oliblariga O'FA tomonidan medallar, faxriy yorliqlar va esdalik sovg'alar topshirildi.
Musobaqadan asosiy maqsad mahallalardagi yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish, yoshlarni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish ko'zda tutilgan.
Fikrlar