So’nggi yangiliklar

10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  0 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  2 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  1 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  1 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  4 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  8 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  5 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  64 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  10

Samarqand viloyati kubogi sohibi malum bo'ldi Yangiliklar

Samarqand viloyati kubogi sohibi malum bo'ldi

9-avgust kuni “Dinamo” markaziy o'yingohida “PPX” hamda “SHerdor-2” jamoalari o'rtasidagi Samarqand viloyat kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda 3:0 hisobi qayd etilib, Olimjon Xo'jaqulov shogirdlarining yirik g'alabasi bilan yakunlandi.

O'yin asosan “PPX”ning umstunligi ostida o'tdi. Birinchi bo'limning katta qismida “PPX” to'p bilan muomila qildi, biroq Dilshod Haydarqulov shogirdlari ham qarshi hujumlar tashkil qilishdi, ammo Bektosh Maqsadov darvozasi oldida o'ta xavfli vaziyatlar yuzaga kelmadi.

Hisob 31-daqiqagagina kelib ochildi. Otabek Hamroqulov yaqin masofadan bergan zarbasi Ramil qo'rlayotgan darvoza to'riga borib tushdi. Birinchi bo'lim ohirlariga kelib Otabek Hamroqulov jamoasining ikkinchi goliga ham mualliflik qilib, dubl qayd etdi.

Ikkinchi bo'limning 59-daqiqasiga kelib, Olimjon Xo'jaqulov shogirdlari oradagi farqni uchtaga to'pgacha etkazishdi. Mexroj Tog'aev o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirib, o'tkir burchakdan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ydi – 3:0. Uchrashuv oxiriga qadar, “SHerdor-2” gol kiritishga urinib ko'rdi, ammo, “PPX” futbolchilari himoyada ishonchli tarzda harakat qilishdi.

SHu tariqa, “PPX” Samarqand viloyat kubogi-2015 sohibiga aylandi. Jamoaning barcha muxlislarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

Samarqand viloyat kubogi-2015. Final
“PPX” – “SHerdor-2” 3:0 (2:0, 3:0)
Gollar:
2:0 – 31,43 Otabek Hamroqulov, 3:0 – 59, Mexroj Tog'aev.
Ogohlantirishlar: Dilshod Haydarqulov (5), Otabek Hamroqulov (42),
CHetlatishlar: Jamshid Husainov (61), Aziz Sattarov (61),  Isrofil Mamatqulov (67), Mexroj Tog'aev (67).

“PPX” – Bektosh Maqsadov, Begzod Axmadov, Bektosh Avalboev, Xusniddin Qurbonov, Nodir Omonov, Dilruh Aminov, Alisher Axmedov, Otabek Hamroqulov, Mexroj Tog'aev, Nosir Mirzaev, Jamshid Husainov.
Zaxira: SHirinbek Abdurazzoqov, Sanjar Botirov, Azamat Niyazov, Otabek Davlatov, Suxrob Xaqnazarov, SHavkat Isroilov, Umar Abduxalimov.

“SHerdor-2” – Ramil Almamedov, Isrofil Mamatqulov, Aziz Sattarov, Bobur Hakimov, Umid Yoqubov, Dilshod Haydarqulov, G'olib Ibragimov, Murod Jo'raqulov, Orzu Axmedov, Mexroj Hudoyberdiev, Said Mirsharapov.
Zaxira: Islom Ermanov, SHavkat Muxammadiev, Doniyor Toxirov, Rustam Subxonov, Javoxir Mirxamidov, Xushnur Erkinov, Dilshod Normatov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика